II . DELPHI DASTURLASH TILI. DASTUR SPETSIFIKATSIYASI. 2.1 Delphi dasturlash tili imkoniyatlari. Dasturga qo’yiladigan funksional va nofunksional talablar.
Delphi dasturlash tilida biror amaliy masalani turli xil chegaraviy shartlarda dasturi tuzilsa uning xatolik darajasi kam ishlatish uchun yaroqli holda bo`ladi. Yaratilgan dastur foydalanuvchi bilan muloqot vizual tarzida ishlaydi, jumladan foydalanuvchi boshlang’ich chegara shartlarini, qadamlar sonini muloqot darchasida o`zgartirishi mumkin, foydalanuvchi dastur tuzishni bilmasa ham dasturdan foydalanib javob olishi mumkin.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida amaliy dasturlar bog’lamini yaratish uchun Borland Delphi obyektli dasturlash tilidan foydalanildi. Bu til foydalanuvchi va dasturchi uchun juda qulay vositadir. Dasturlash tili vizual holatda unda barcha shartlarni o`zgartirish mumkin bo`lgan echimlarni aniqlik darajasi yuqori holatda bo`ladi. Dasturlash tillari inson mexnatini yengillashtiradi, ular biror amaliy masalani yechish davomida takrorlanishlar soni juda ko`p bo`lsa ham takrorlanishdagi qadamlar soni ko`p bo`lsa ham darrov yechim olishga muvofiq bo`lamiz. Dasturlash tillari shunday imkoniyatlari orqali amaliy va boshqa masalalarni yechishda keng qo`llaniladi.
Delphi vizual loyihalar, turli holat protseduralarini qayta ishlash va dasturlarni qayta ishlashdà vaqtdan yutish va boshqalarni o`z ichiga oladi.
Delphini ishga tushirgandan keyin uni ekran ko`rinishi hosil bo`lib, u unchalik oddiy emas. (2.1.1-chizma). Ekranda to`rtta oyna mavjud va ular quyidagilardir: Delphi 7 - bosh oynasi, Form1 - forma oynasi, Object Inspector - obyekt inspektori oynasi va Unit1.pas-kodlarini tahrirlash oynasi ekranni deyarli to`ldirib turadi.
2.1.1-chizma. Delphi ishchi oynasining ko`rinishi.
2.1.2-chizma. Menyu satrining ko’rinishi
Delphi asosiy menyu bandlari vazifalari Microsoft offis standart dasturlarining menyu bandlari vazifalaridan deyarli farqlanmaydi va ulardan foydalanishtartibi ham xuddi shunday saqlanadi.
|