Buxoro davlat universiteti




Download 2.02 Mb.
bet21/29
Sana03.07.2021
Hajmi2.02 Mb.
#15347
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
2.1.3-chizma. menyu bandlari

Windows uchun tuzilgan programmalarning ichki tuzilishi konsol programmalarning ichki tuzilishidan farqlanadi. Dastur bajarilishida kalit so’zlar bo’lgan begin va end orasiga olingan operatorlarni Windows boshqacha shaklda boshqaradi, ya`ni ularni hodisa deb qaraydi. Har bir hodisaning o’ziga mos xossalari mavjud. Dasturlashda bu xossalardan keragini tanlab ishlatiladi. Bu tanlash obyektlar inspektorida qilinadi. Obyektlar inspektori ikki qismdan iborat: Properties ya`ni hodisalar va Events xossalar. Delphi ning xarakterli tomoni shundan iboratki, agar biz biror komponentadan foydalansak, obyektlar inspektori unga mos hodisalarni ajratib ko’rsatib turadi. Masalan biz biror yangi forma hosil qilgan bo’lsak, obyektlar inspektorida captionda Form1 yozuvi turadi. Agar biz xohlasak Form1ning o’rniga yangi o’zimizning programmaga mos nomimizni berishimiz mumkin. Har bir komponentaga obyektlar inspektorida unga tegishli hodisa va shu hodisaga mos xossalar bo’ladi.

Delphi dasturlash tilining yana bir xarakterli tomoni shundan iboratki, agar biz dasturda biror tugmaga qandaydir vazifani yuklamoqchi bo’lsak, shu tugmaning ustida sichqonchani ikki marta chertilsa, shu tugmaga mos keluvchi protseduraning ichiga avtomatik ravishda kiritib qo’yadi. Bundan tashqari dastur tuzish jarayonida formadan modulning ichiga va moduldan formaga o’tishga ehtiyoj bo’ladi, buning uchun asboblar panelidan Toggle Form-Unit tugmasi tanlanadi yoki F12 tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.

Delphida tuziladigan dasturlar biror forma asosida qilinadi. Delphida har bir yangi hosil qilingan formaga unga mos bo’lgan modul avtomatik tashkil qilinib turiladi. Bu esa dasturchi uchun juda qulay imkoniyat, ya`ni uning ishini tezlashtirishga yordam beradi.

Bu formaning shaklini tanlash, unda komponentalarni joylashtirish bizning ixtiyorimizda bo’ladi. Formaga biror komponentani qo’ymoqchi bo’lsak, shu komponentaning ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosiladi. Bu komponenta formaning o’rtasiga joylashadi. Biz uni xohlagan joyimizga surib ko’chirishimiz mumkin.

Dastur kodi forma orqasiga yashiringan bo`lib, u yerga dastur matnlari kiritiladi. U oynaga F12 yoki Ctrl+F12 tugmalari yordamida o`tish mumkin. Delphi kodlar muhitida dastur buyruqlarini kiritish va ularni qayta ishlash mumkin.





Download 2.02 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Download 2.02 Mb.