2.2. 2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish harakatlar strategiyasida Sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish istiqbollari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevraldagi O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida to’g’risidagi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonda 2017- 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi belgilangan:
Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud huquq tizimini yanada isloh qilish;
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash,chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat.
Sog’liqni saqlash harakatlar strategiyasidagi 4- yo’nalish “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” ga taaluqlidir.Bunda katta yoshdagi avlodni qo’llab- quvvatlash, sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan.Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.50
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2017-yil 7-fevral kuni sog’liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag’ishlangan videoselektor bo’lib o’tdi.Davlatimiz rahbari sog’liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilib,ularni bartaraf etish yuzasidan atroflicha to’xtaldi.
2017-yil 16-martda Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida Prezident farmoni qabul qilindi.Farmon bilan O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi deb qayta nomlandi. Shuningdek, 2017-yil 10-mayda Salomatlik va tibbiy statistika instituti va uning filiallari Jamiyat salomatligi va sog’ligini saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot institute va uning hududiy bo’linmalariga aylantirildi.51
2017-yil 1-apreldagi Sog’liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishchora-tadbirlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.Qarorda xususiy sektor vakillariga keng imkoniyatlar yaratildi.Tibbiy xizmat turlari ko’paytirildi, xususiy tibbiyot muassasalariga litsenziya berish tartibi va muddatlari soddalashtirildi. Tibbiyot sohasida xalqaro hamkorlikka keng yo’l ochildi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida elektron sog‘liqni saqlash tizimini joriy etishga ham alohida e’tibor qaratilgan.
“Elektron sog‘liqni saqlash” – xududiy tibbiyotni axborotlashtirilgan texnologiya va me’yoriy uslubiy bazaga asoslangan holda boshqarish tizimidir. Bu esa o‘z navbatida aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha turlarini o‘z ichiga olgan sog‘liqni saqlashning axborotlashtirilgan yagona Davlat tizimi xududiy segmentini ishlab chiqishga va amaliyotda qo‘llashga imkon beradi.
“Elektron sog‘liqni saqlash” loyihasi tibbiyotda barcha sub’ektlar ish faoliyatini yagona tibbiy axborot tizimida axborot almashinuvini ta’minlaydi: tibbiyot muassasalari, sog‘liqni saqlashni xududiy va munitsipal boshqaruvchi tashkilotlar, sug‘urta kompaniyalari, imtiyozli dori bilan ta’minlash dasturini amalga oshiruvchi dorixona muassasalari shular jumlasidandir.
Axborotni saqlashning markazlashtirilganligi, ma’lumotni qayta ishlash va himoyalash maxsus dasturiy ta’minot va qimmatbaxo server uskunalari o‘rnatilishiga ehtiyoj yo‘qligi sababli sog‘liqni saqlash tizimining kompleks axborotlashtirish uchun kerak bo‘lgan harajatlarni minimumga keltirish imkoni tug‘iladi.
“Elektron sog‘liqni saqlash” loyihasining asosiy maqsadi tibbiy xizmat sifatini oshirish va uni aholi imkoniyati darajasida bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Respublika sog‘liqni saqlash tizimida axborotlashtirishning muvaffaqiyatli va tartibli o‘sishi uchun ma’lum shart sharoitlar yuzaga keldi.
Aytib o‘tganimizdek, elektron sog‘liqni saqlashning asosiy maqsadi – aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xizmatlarni aholini o‘z sog‘ligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishiga erishish, meditsina muassasasi imkoniyatini hisobga olgan holda davolash – profilaktika ishlarini rejalashtirishda o‘z vaqtida AKTni qo‘llashdan iboratdir. Bu dastur vazifalari quyidagicha:
sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy xujjatlarni shifokorlik sirlarini saqlagan holda elektron tartibda ishlash imkonini beruvchi elektron axborot tizimini tashkil qilish;
televizion tibbiyotni rivojlantirish;
aholi sog‘ligi holati monitoring tizimi hamda epidemiologik muvaffaqiyat tizimini rivojlantirish;
kasalliklarni oldini olish, davolashni ta’minlash, diagnostika uchun yangi kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
aholining imkoni darajasidagi tibbiy elektron resurslar tashkil etish, shu jumladan insonning sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishi va inson salomatligini tiklashga bag‘ishlangan dasturlar joriy etish.
Zamonaviy integrallashgan axborot texnologiyalarini sog‘liqni saqlash sohasining barcha yo‘nalish va darajalarida axborot strukturalarining o‘zaro kelishuvchanligi asosida tashkil etish (ish joyida dastlabki ma’lumotlarni to‘plashdan boshlab region va rempublika miqyosida tashkiliy boshqaruv qarorlarini qabul qilishgacha) profilaktik yordam va diagnostika - davolash jarayonlari samaradorligini oshiradi.
“Elektron sog‘liqni saqlash” dasturi davlat sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatining ko‘pgina aspektlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Sog‘liqni saqlash tizimida elektron xukumat bu tibbiyot sohasini boshqarish va elektron xujjatlarni qayta ishlash tizimidir. Bu esa barcha boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirishga asoslangandir.
Buning asosi 3 tarkibdan iborat:
Davolanuvchining shaxsiy extiyojiga prinsipial asoslanish;
Sifatli axborotni boshqaruv tizimiga kiritish va undan foydalanish;
Barcha boshqarish va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Bugungi kunda tibbiyot muassasalarini boshqarish modellari ko‘plab joriy etilgan. Biroq tibbiyotda ma’muriy boshqaruv tizimi kuzatilib, u quyidagi omillarga bevosita bog‘liq:
maqsadni bilish uchun aniqlikni etarli emasligi;
noaniqlikdan qutilish va xatoga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash imkoni yo‘qligi;
sifat parametrlarini bilmasliklari, ish natijalaridag noaniqliklar;
turli xil bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtirishdagi qiyinchiliklar;
ma’muriyat tomonidan umumiy ish jarayoniga ta’sir eta oladigan va bevosita davolash profilaktika muassasasi xarajatlariga ta’sir qiladigan shifokorlar faoliyati ustidan nazorat qilish qiyinligi.
Ish jarayonlarini umumlashtirish, xizmat vazifalari va javobgarligini taqsimlash muammosi ko‘plab tibbiyot muassasalarida joriy etilgan ikki tomonlama bo‘ysunish amaliyoti bilan bog‘liq.
Tibbiy axborot tizimini tadbiq etishning iqtisodiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
davolash profilaktika muassasalari qabul qilish imkoniyatini 15-20 foizga oshishi;
bemorlarni davolash muddatini 10-25 foizga qisqarishi;
tibbiyot muassasalari ish faoliyati rentabelligini 30 foizgacha oshishi;
tibbiy xujjatlar bilan ishlash uchun ketadigan vaqtni 40 foizga qisqarishi;
umumiy xarajatlarni 20 foizga kamayishi.
2020 yilga borib O‘zbekiston Respublikasida “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimi tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. Bu esa Respublika Sog‘liqni Saqlash Vazirligi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatni 70 foizdan ortig‘ini interaktiv xizmatlar ko‘rsatish yo‘li bilan “yagona oyna” orqali bajarilishi demakdir.
Bu loyihaning bajarilishi orqali 2020 yilga borib quyidagi yutuqlarga erishish ko‘zda tutilmoqda:
5000 dan ortiq (100 foiz) tibbiyot muassasalari (shu jumladan poliklinikalar) tizimga kiritiladi va xaritada o‘z aksini topgan elektron monitoring faoliyati (muassasaning elektron passporti) bilan ta’minlanadi;
shaxsiy sektorning 2000 dan ortiq muassasalari (100 foiz) tizimga kiritiladi va xaritada o‘z aksini topgan elektron monitoring (elektron passport) bilan ta’minlanadi;
7000 dan ortiq dorixonalar (100 foiz) tizimga kiritiladi va xaritada o‘z aksini topgan elektron monitoring (elektron passport) bilan ta’minlanadi;
70 000 dan ortiq shifokorlar va 250 000 dan ortiq o‘rta ma’lumotli tibbiyot xodimlari (100 foiz) tizimga kiritiladi va xodimlar xisobiga qayd etiladi (tibbiyot xodimining elektron kartochkasi) tashkil etiladi;
aholining 50 foizdan ortig‘i shaxsiy “elektron kartochkalari” bilan ta’minlanadi;
sog‘liqni saqlash tizimining Respublika va viloyat muassasalarining 100 foizi “Elektron ro‘yxatxona” ga kiritiladi va umumlashtirilgan dispetcherlik xizmati orqali tez va tezkor tibbiy xizmatdan foydalanadi;
tezkor yordam va tez yordam xizmatlari (103) transport vositalarining barchasi ya’ni 100 foizi aloqa vositalari hamda geonovigatsiya tizimi (GPS) bilan ta’minlanadi;
davlat byudjeti tomonidan ta’minlangan, xalqaro investitsiya (shu jumladan grand asosida) asosida taqdim etilgan dori darmon hamda tibbiy uskunalar, gumanitar yordam tariqasida keltirilgan tibbiy yordam vositalari ularni taqsimlash va foydalanish 100 foiz tizimga kiritiladi va nazoratga olinadi.
|