• Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.
  • XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR




    Download 285.26 Kb.
    bet2/24
    Sana04.07.2021
    Hajmi285.26 Kb.
    #15381
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    XULOSA

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    KIRISH

    Sog’liqni saqlash - aholi salomatligini muhofaza qilishga yo’naltirilgan ijtimoiy, iqtisodiy va tibbiy tadbirlar tizimi. Sog’liqni saqlash kasallliklarning oldini olish va davolash, sog’lom turmush va mehnat sharoitini yaratish, yuqori mehnat qobiliyatini va uzoq umr ko’rishni ta’minlashga qaratilgan umumiy tadbirlarni ko’zda tutadi.1



    Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda aholi salomatligi, onalik va bolalikni muhofaza qilish, dori vositalari bilan ishonchli ta’minlash, jismoniy baquvvat va ma’naviy jihatdan sog’lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida ustuvor ahamiyat berilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlarda ham sog’liqni saqlash sohasiga e’tibor ortib bormoqda. Jumladan,mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturining eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi 2 da ham sog’liqni saqlash sohasidagi dolzarb muammolar va bajarilishi kerak bo’lgan ishlarga to’xtalib o’tilgan. Ushbu ma’ruzada alohida yo’nalishlar belgilanib olinib ushbu yo’nalishlarda islohotlar olib borilmoqda.

    Shuningdek, mamlakatning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashning muhim omili sifatida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish O‘zbekiston hukumati siyosatining ustuvor vazifalari qatoriga kiradi. Mazkur vazifaning mohiyati, maqsadi va istiqboldagi rivoji O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti tomonidan 2013 yilning 27 iyunida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida ham o‘z ifodasini topdi. Mazkur qarorga muvofiq, 2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.

    Dasturning bosh maqsadi iqtisodiyotning barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni rivojlantirish, axborot resurslari, tizimlari va tarmoqlarining yaratilishini jadallashtirish, shuningdek aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlari soni va sifatini yanada oshirishdan iborat.

    1-Prezident I.A. Karimov tomonidan tasdiqlangan Milliy axborot tizimini rivojlantirish va 2013-2020 yillarda “Elektron hukumat” tizimini yaratish dasturi doirasida hukumat tomonidan “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini yaratish bo’yicha tadbirlar rejasi qabul qilingan. U Milliy axborot tizimi va “Elektron hukumat” tizimining uzviy birqismi bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish muddati


    2014-2020 yillar. Elektron sog‘liqni saqlash elektron hukumatning bir bo‘lagi bo‘lib, elektron sog‘liqni saqlash (e-Health)ni joriy etish dunyoning ko‘plab mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston oldida turgan dolzarb vazifadir.



    Download 285.26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 285.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    Download 285.26 Kb.