Buxoro davlat universitetining pedagogika




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/85
Sana30.01.2024
Hajmi4,42 Mb.
#148264
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85
Bog'liq
Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

Tayanch so‘zlar: uzunlik, aylana, kenglik o‘lchovlari, detallar, razmerlar, 
modellar, nurlar usullari, fasonlar, fokslar. 
Guruhlash usuli. Andazalarning har xil razmerlari oldindan tayyorlangan o‘rta, 
eng katta yoki cng kichik razmerli ikki komplekt andazalardan olinadi. Shu bois bir 
xil nomli detallarning bir xil tomoni birlashtirilgan holda bir- birining ustiga 
yotqiziladi va bir xil nomli konstruktiv nuqtalar birlashtiriladi. Hosil bo'lgan 
chiziqlarni ikki detal orasidagi razmerlar nomerining soniga bo'lib, razmerlararo 
orttirma qiymati aniqlanadi. Belgilangan nuqtalarni birlashtirish orqali dastlabki 
detallar orasidagi andazalar konturi chiziladi (1-a rasm). Ushbu usul konstruktiv 
tuzilishi murakkab bo‘lgan modellar detallarini ko'paytirishda hamda andazalar 
ko'pavtirishning boshqa usullarida qo'llanadigan notipaviy sxemalarga oid asosiy 
konstruktiv nuqtalaming orttirmalarini hisoblash uchun dastlabki bosqich sifatida 
tatbiq etiladi. Usulning kamchiligi kiyim detallarining ikki komplektini 


tayyorlashdadir. 
Nurlar usuli. Detalning fokus sifatida olingan muayyan bir nuqtasi barcha 
konstruktiv nuqtalari bilan to‘g‘ri chiziqlar-nurlar orqali birlashtiriladi. Detal 
konturidan boshlab nurlar bo'yicha orttirmalar qiymati qo'yiladi (1-b rasm). 
Belgilangan yangi nuqtalarni birlashtirib kattaroq yoki kichikroq razmerlar konturi 
chiziladi. Bu usulning aniqligiga dastlabki fokus nuqtasining joylanishi ta'sir etadi. 
Fokusning har xil holatida nurlar yo'nalishi ham o'zgaradi. Yangi konstruktiv 
nuqtalar siljib, andazaning konturini o'zgartiradi. 
Mazkur usul oson bo‘lsa ham ko‘paytirilgan andazalarning konturlari noaniq 
chiqadi. Nurlar usulidan bosh kiyimlar va korset buyumlarining andazalarini 
ko‘pay- tirishda samaraliroq foydalanish mumkin. 
Proporsional-hisoblash usuli aniqroqligi tufayli kengroq tarqalgan. 
O'lchamlar o'zgaruvchanligiga va bo'linish chiziqlarining holatiga bog'liq holda 
konstruktiv nuqtalar gorizontal hamda vertikal o'qlar yo'nalishi bo'yicha ontirmalar 
qiymatiga suriladi. Har bir konstruktiv nuqtaning gorizontal va vertikal orttirmalari 
shartli ravishda qabul qilingan dastlabki o'qlarga nisbatan hamda dastlabki 
razmerlararo orttirmalarga tayanib hisoblanadi (3.10-d rasm). 
Proporsional — hisoblash usuli barcha konstruktiv nuqtalar orttir- malarining 
o'zaro proporsional bog'lanishiga asoslangan. Mazkur usulning afzailigi murakkab 
konstruksiyali detallar nuqtalarining orttir- malarini hisoblashda namoyon bo'ladi. 
1-rasm. Andazalarni turli usulda gradatsiyalashda konstruktiv nuqtalari surilishi: a 
— guruhlash; b — nurlar; d — proporsional hisoblash usullari. 



Download 4,42 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   85




Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish