• Andazalar gradatsiyasining tipaviy sxemalari
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika




    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/85
    Sana30.01.2024
    Hajmi4,42 Mb.
    #148264
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85
    Bog'liq
    Bahronova ShaxloTexnik ijodkorlik va konstruksiyalash MAJMUA

    Nurlar usuli. Detalning fokus sifatida olingan muayyan bir nuqtasi barcha 
    konstruktiv nuqtalari bilan to'g'ri chiziqlar-nurlar orqali birlashtiriladi. Detal 
    konturidan boshlab nurlar bo'yicha orttirmalar qiymati qo'yiladi (1-b rasm). 
    Belgilangan yangi nuqtalarni birlashtirib kattaroq yoki kichikroq razmerlar konturi 
    chiziladi.
     
    1-rasm. 
    Bu usulning aniqligiga dastlabki fokus nuqtasining joylanishi ta'sir etadi. 
    Fokusning har xil holatida nurlar yo'nalishi ham o'zgaradi. Yangi konstruktiv 
    nuqtalar siljib, andazaning konturini o'zgartiradi.
    Andazalarni turli usulda gradatsiyalashda konstruktiv nuqtalari surilishi: 


     a - guruhlash;
    b - nurlar;
    d - proporsional hisoblash usullari. 
    Mazkur usul oson bo'lsa ham ko'paytirilgan andazalarning konturlari noaniq 
    chiqadi. Nurlar usulidan bosh kiyimlar va korset buyumlarining andazalarini 
    ko'pay- tirishda samaraliroq foydalanish mumkin. 
    Proporsional - hisoblash usuli aniqroqligi tufayli kengroq tarqalgan. 
    O'lchamlar o'zgaruvchanligiga va bo'linish chiziqlarining holatiga bog'liq holda 
    konstruktiv nuqtalar gorizontal hamda vertikal o'qlar yo'nalishi bo'yicha ontirmalar 
    qiymatiga suriladi. Har bir konstruktiv nuqtaning gorizontal va vertikal orttirmalari 
    shartli ravishda qabul qilingan dastlabki o'qlarga nisbatan hamda dastlabki 
    razmerlararo orttirmalarga tayanib hisoblanadi (1-d rasm). 
    Proporsional - hisoblash usuli barcha konstruktiv nuqtalar orttir- malarining 
    o'zaro proporsional bog'lanishiga asoslangan. Mazkur usulning afzailigi murakkab 
    konstruksiyali detallar nuqtalarining orttir- malarini hisoblashda namoyon bo'ladi. 
    Andazalar gradatsiyasining tipaviy sxemalari: Ma'lumki, konstruksiyalash 
    metodikalarning hisoblash formulalarida tipaviy figuralar o'lchamlariga xos 
    o'zgaruvchanlik ishlatilgan. Andazalar gradatsiyasida ham, shu o'zgaruvchanlikka 
    mos o'lchamlararo orttirmalardan foydalaniladi. Hisobli ravishda va gradatsiya 
    orqali tuzilgan eng katta hamda eng kichik razmerlar chizmalari bir-biridan 
    farqlanishi 0,2 sm dan oshmasligi kerak. 
    Gradatsiyaning tipaviy sxemalari asosiy konstruktiv nuqtalaming orttirmalari 
    bir hil prinsip asosida hisoblangan holda tipaviy bichimlaiga moslab tuziladi. 
    Gradatsiyaga oid nuqtalar qatoriga konstruktiv chiziqlar kesishgan nuqtalari 
    va andazalar ko'paytirilganda dastlabki o'qlariga nisbatan o'z joyini o'zgartiradigan 
    detal nuqtalari kiradi. Shu bois gradatsiya nuqtalari bazaviy asosning konstruktiv 
    nuqtalari bilan bir xil belgilanadi. 
    Konstruktiv 
    nuqtalar 
    orttirmalarining 
    qiymati 
    nafaqat 
    o'lchamlar 
    o'zgaruvchanligiga, balki ularning dastlabki gradatsiya o'qlariga nisbatan 
    joylanishiga ham bog'liq. 


    Gradatsiya dastlabki o'qlari — bu shartli ravishda qabul qilingan chiziqlar. 
    Ularga nisbatan bazaviy razmerli andazaning kontur chiziqlari har qanday o'lcham 
    va bo'yga o'zgartiriladi. 
    Tipaviy konstruksiya detallarida dastlabki o'qlar sifatida bazis to'rining 
    konstruktiv chiziqlari qabul qilingan. 
    Andazalar gradatsiyasining tipaviy sxemalari 1-rasmda ko'rsatilgan. 
    2-rasm.
    Ayollar kiyimiga doir asosiy detallar razmerlar bo'yicha (X -strelkali belgilangan) 
    bo'ylar bo'yicha (Y- aylanali strelka bilan belgilangan) gradatsiyasining sxemasi 
    IIHMMLLin uslubi bo'yicha ust kiyimlarning asosiy detallari uchun quyidagi 
    gradatsiya o'qlari qabul qilingan: 

    orqa bo'lakda vertikal o'q o'rta chiziq bilan ustma-ust tushadi yoki unga urinib 
    o'tadi, gorizontal o'q esa ko'krak yoki bel chizig'i bilan ustma-ust tushadi; 

    old bo'lakda vertikal o'q o'miz chizig'iga urinib o'tadi, gorizontal o'q ko`krak 
    chizig'i (o'miz chuqurligi) yoki bel chizig'i bilan ustma- ust tushadi; 



    yengda vertikal o'q old o'tar chiziqning uchlarini birlashtirib o'tadi, gorizontal 
    o'q-old bo'lak o'miz chuqurligiga mos holda yeng ko'tarmasi balandligining chizig'i 
    bilan ustma-ust tushadi; 

    yoqada faqat uzunligi o'zgaradi, shu bois o'q sifatida yelka chokiga mos 
    kertikdan o'tadigan vertikal chiziq hisoblanadi. 
    Gradatsiya sxemasidan foydalanib istalgan razmerdagi detal chizmasini 
    qurish mumkin. 
    Masalan, dastlabki 96-razmerli konstruksiyadan 108 razmerga o'tish kerak; 
    dcmak, razmerlararo interval - 4 sm ni, ya'ni 3 marta razmerdan razmerga o'tish 
    kerak. Ayni holda har bir nuqtaga xos vertikal va gorizontal orttirmalar qiymati 
    gradatsiya chizmasida uch marta oshirilgan holda ishlatiladi (5.7-rasm). Dastlabki 
    gradatsiya chiziqlarida joylashgan nuqtalar faqat bir yo'nalishda gradatsiya chizig'i 
    bo'yicha gorizontal yoki vertikal yo'nalishda suriladi. Qolgan barcha konstruktiv 
    nuqtalar tomonlari gorizontal va vertikal orttirmalarga teng bo'lgan to'g'ri 
    burchakning diagonali bo'yicha suriladi. Konstruktiv nuqtalarni siljitish yo'na- 
    lishlari1-jadvalda keltirilgan. 
    O'lchamlar gradatsiyasida dastlabki gorizontal orttirma sifatida 2 sm ga teng 
    bo'lgan razmerlararo farq olinadi. Razmerlararo farq old, orqa va o'miz uchastkalari 
    o'rtasida shu uchastkalar kengligiga proporsional ravishda hamda old va orqa 
    kengligi o'lchamlarining o'zgaruvchanligiga bog'liq holda taqsimlanadi. 
    Konstruktiv nuqtalarni siljitish yo'nalishlarining sistemasi.
    –jadval old va orqa bo'laklarning yoqa o'mizlarida, yelka hamda yon 
    chiziqlarida joylashgan konstruktiv nuqtalaming gorizontal orttirmalari ularga mos 
    o'lchamlarning o'zgaruvchanligi va nuqtalaming dastlabki o'qlardan masofasiga 
    bog'lab hisoblanadi. 
    Vertikal orttirmalar qiymati ham figura o'lchamlarining o'zgaruvchanligiga 
    va nuqtalarni o'qlarga nisbatan joylanishiga qarab aniqlanadi. 
    Konstruktiv nuqtalaming aksariyati katta razmerlar uchun dastlabki o'qqa 
    nisbatan joylanishiga qaramasdan, vertikal orttirmalari tepaga yo'nalgan, kichik 
    razmerlar uchun esa pastga. 



    Download 4,42 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   85




    Download 4,42 Mb.
    Pdf ko'rish