MA’RUZA № 2
Mavzu: Asos chizma turlari va modellashtirish haqida umumiy ma’lumotlar berish
Reja:
1. Kiyimlarni loyihalash.
2. Asosiy atamalar va ta’riflar.
3. Kiyimning shakli va silueti
Tayanch so‘zlar: model, razmerlar, andazalar, loyihalar, gradatsiya, sluyet,
gradatsiya prinsipi va o‘lchamlari, ijoddkorlik.
Ishlab chiqarish sharoitida
model detallarining dastlabki, ya'ni original
andazalari model tavsiya qilingan razmerlar va to'lalik guruhining faqat bitta o'rta
bo'y va razmeriga tayyorlanadi. Andazalarning qolgan razmer hamda bo'ylari esa
dastlabki bo'y hamda razmerdagi andazalarni proporsional
ravishda rasmiy
qoidalarga ko'ra kattalashtirish yoki kichraytirish orqali olinadi.
O'rta razmer va bo'ydagi tikuv buyumining andazalari asosida modelda tavsiya
qilingan qator razmer hamda bo'ydagi andazalar komplektlarini loyihalash jarayoni
andazalar gradatsiyasi deyiladi. Bir xil razmer va bo'ydagi tipaviy qomatlar
tanasining tuzilishi har xil to'lalik
guruhida farqlanadi, shu bois gradatsiya bir
to'lalik guruhi ichida razmer va bo'ylar bo'yicha
alohida-alohida ishlanadi, lekin
to'lalik guruhlari bo'yicha andazalar ko'paytirilmaydi.
Andazalar gradatsiyasi
tipaviy qomatlar o'lchamlarining o'zgaruvchanligi bilan bog'langan bo'ylararo
hamda razmerlararo orttirmalar yordamida amalga oshiriladi.
Andazalar gradatsiyasi dastlabki andazalar komplektidan tashqari andazalar
nomerlarini olish jarayonini osonlashtiradi va tezlatadi. Lekin,
ayni holda,
noto'g'riliklar yuz berishi tufayli chetdagi razmerlar konst- ruksiyasida qomatda
kiyim o'rnashuviningsifati pasayishi mumkin. Shu bois gradatsiya paytida konturi
o'zgartirilgan barcha bo'y va razmerdagi andazalar
silueti va proporsiyasining
bazaviy razmer va bo'y bo'yicha etalonga mosligi asosiy talablardan biri
hisoblanadi.
Andazalar konturi o'zgartirilganda asosiy konstruktiv nuqtalar razmerlararo yoki
bo'ylararo orttirmalar qiymatiga suriladi. Ushbu nuqta-
larni birlashtiradigan
chiziqlar ham ularga mos ko'chiriladi. Gradatsiya jarayoni qator omillar ta'siri ostida
o'tadi. Gradatsiya nazariyasi ta'sir etuvchi omillarni va ularning o'zgaruvchanlik
qonuniyatlarini o'rganishga asoslangan.
Andazalar gradatsiyasining jarayoniga ta'sir etuvchi e'tiborli omillar qatoriga
o'lchamlar o'zgaruvchanligi, konstruksiyani hisoblash
formula- larining tuzilishi,
andazalar gradatsiyasida dastlabki o'qlarga nisbatan konstruktiv nuqtalarning
surilish
qiymatini hisoblash usuli, buyumning bichimi va materialining
xususiyatlari kiradi.