Kirish
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua talabalarning texnologik
va konstruktorlik
hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlardan olgan bilim va ko‘nikmalarini amalga
tadbiq etish, texnologiya ta’limi darslarini samarali hamda no’ananaviy tarzda
tashkil etishni o‘rgatishdan iborat. Talabalarning “Texnik
ijodkorlik va
konstruksiyalash (Tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va modellashtirish)”
fanidan kasbiy bilimlarini boyitish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantishdan iborat.
O‘quv fanning mazmuni, maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi: talabalarga servis xizmati bo‘yicha konstruksiyalash va
modellashtirish bo‘limi mazmunida texnologiya fanini 5-9 sinflarda o‘qitishda
tikuvchilik buyumlarini konstruksiyalash va tanlangan fason asosida kiyim
fasonlarini o‘zgartirish, ya’ni modellashtirish va kiyim namunalarini tikish bo‘yicha
bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish.
Fanning vazifasi – davlat ta’lim standartiga asosan talabalarda nazariy
bilimlar va amaliy ko‘nikmalar, malakalarini shakllantirish orqali insonning
hayotidagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish ko’nikma
va malakalarini
shaklllantirish;
– Servis xizmati bo‘yicha konstruksiyalash va modellashtirish bo‘limi
mazmunida texnologiya fanini o‘qitishda tikuvchilik buyumlarini, ya’ni
ayollar, bolalar, erkaklar kiyimlarinining asos chizmasini konstruksiyalash va
modellashtirish va kiyim maketlarini tikishga oid ko‘nikma va malakalarini
shakllantirish.
Talaba fanni o‘zlashtirish natijasida:
– O‘lchov olish, asos
chizmalarni konstruksiyalash, modellashtirish
texnologiyasi haqida tasavvurga va bilimga ega bo‘lishi;
– Tikuvchilik buyumlari asos chizmalarini konstruksiyalash uchun gavdadan
olinadigan o’lchovlar haqida, asos chizmalarini konstruksiyalash,
kiyimlarni
turli fasonda modellashtirish, maketlarni tayyorlash ko’nikmalarga ega
bo’lishi;