|
1. Kirxgof qonunlarini bevosita qo'llash usuli. Kontur toklar usuli. Tugun potensiallar usuli
|
Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 377,82 Kb. | | #243503 |
Bog'liq 2 mustaqil ishs
Mavzu: Elektr zanjirlarni hisoblash usullari. Elektr zanjirlarga sinusoidal signal ta'siridagi xususiyatlarini hisoblash
Reja:
1. Kirxgof qonunlarini bevosita qo'llash usuli.
2. Kontur toklar usuli. Tugun potensiallar usuli.
3. Elektr zanjirlarning chastota xususiyatlari. Rezistiv va reaktiv zanjirlardagi quvvatlarni taqqoslash.
4. Elektr sxemalardagi tok kuchlanishlarni faza ko‘rinishini ifodalanishi va qo‘llanilishi.
Elektr zanjirlarini hisoblashdagi asosiy vazifa tokning zanjir tarmoqlarida qanday taqsimlanganligini aniqlashdir. Bu vazifa elektr zanjiri uchun asosiy bo’lgan Om va Kirxgof qonunlaridan foydalanib hal etiladi. Murakkab elektr zanjirlarining ishlashini tahlil qilish va hisoblash uchun Kirxgofning ikkala qonuniga asoslangan bir nechta usullar ishlab kiritilgan. Ammo konkret sharoitda berilgan elektr zanjiri sxemasidagi elementlarning joylashishiga (konfiguratsiyasi) ko'ra va masalada qo'yilgan sharoitlarga binoan uni qaysi usul bilan yechish samarali bo'lsa, o'sha usuldan foydalanish tavsiya etiladi.
Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlaridan foydalanib, har qanday murakkablikdagi tarmoqlangan elektr zanjiri uchun kerakli tenglamalarni tuzgandan so'ng ularni birgalikda yechib, zarur kattaliklarni (toklarni) aniqlash mumkin. Berilgan elektr zanjiri uchun Kirxgof qonunlariga asoslanib tenglamalar tuzishdan avval quyidagi tartib va qoidalarga rioya qilish lozim:
1. Berilgan elektr zanjiri sxemasini iloji boricha soddalash tirish.
2. Berilgan elektr zanjiri sxemasini mustaqil konturlarga ajratish.
3. Sxemada avvaldan berilgan EYuK kuchlanish va toklarning hamda avvaldan noma'lum bo'lgan toklarning ixtiyoriy shartli musbat yo'nalishini ko'rsatish (tanlash).
4. Sxemadagi har bir berk konturni aylanib chiqishning ixtiyoriy yo'nalishini ko'rsatish (tanlangan yo'nalish bo'yicha tuzilgan tenglamalar o'zaro bog’liq bo'lish).
5. Kirxgofning birinchi qonuni bo'yicha p-1 (p — sxemadagi tugunlar soni) hol uchun toklar tenglamasini tuzish, aks holda oxirgi tugun uchun tuzilgan tenglama avvalgilariga bog'liq bo'lib qoladi.
6. Kirxgofning ikkinchi qonuniga ko'ra (o'zaro bog'liq bo’lmagan) K (p-1) yetishmovchi tenglamalarni tuzish (K — noma'lum toklar soni).
7 . Kirxgof qonunlari bo'yicha tuzilgan tenglamalar soni sxemadagi tarmoqlar soniga teng bo'lishi kerak. Misol tariqasida rasmda kursatilgan elektr zanjirdagi toklarni aniqlaylik (EYuK va qarshiliklar ma'lum, deb faraz qilamiz). Berilgan boshlang'ich sxemani , soddalashtirgandan so'ng b dagi sxema hosil bo'ladi.
bu kuchlanishning amaliy qiymati US=I∙XS.
XL >XS, demak, UL >US shartli bilan vektor diagrammani ko‘ramiz. Vektor diagramma da umumiy kuchlanish U, aktiv kuchlanish Ua va reaktiv kuchlanish UL –US to‘g‘ri burchakli uchburchakni tashkil qiladi. Pifagor qonuniga binoan to‘g‘riburchakli uchburchakdan umumiy kuchlanishi topiladi:
|
| |