Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash
vazifalariga modellar
kolleksiyasini tanlash va muhokama etish, yangi modellarning ishlab chiqarish
dasturini
rejalashtirish, ularning konstruksiyasini loyihalash, mehnat sig‘imini,
rentabelligini va tannarxini aniqlash kiradi.
Texnologik tayyorlash vazifalariga muhandislik ta’minot har bir alohida
modelni yoki modellar seriyasini materiallar va furnituraning kerakli artikullari va
ranglar gammasi bilan komplektlash.
Korxonada konstruktorlik tayyorlash tarkibi 4
guruh mutaxassisliklardan
iborat bo`lgan, badiiy konstruktorlik byurosi tomonidan amalga oshiriladi:
modellashtirish, konstruksiyalash, texnologik va normalash guruhlari.
Modellashtirish bo`limi chiqarilayotgan mahsulotning badiiy-estetik
darajasini aniqlaydi. Bu bo‘limda rassom-modelerlar va konfekstionerlar ishlaydilar
va ularga bosh rassom rahbarlik qiladi. Bo`limning asosiy vazifasi sanoat
kollekstiyasini eskizli loyihalash va zamonaviy modellashtirish, konstruksiyalash va
taraqqiy texnologiya darajasiga javob beruvchi modellar
namunasini yaratishdan
iborat.
Konstruktorlik bo`limini bosh konstruktor boshqaradi. Bo‘lim vazifalariga
yangi modellarning sanoat kollekstiyalarining konstruksiyasini texnik vazifaga
binoan ishlab chiqarish va yangi Yeng modali modellar
konstruksiyasini kichik
seriyalar bilan chiqarish kabi ishlar kiradi. Bo‘lim konstruktorlari barcha texnik
hujjatlarni tayyorlab komplektlashadi, yangi modellarni texnologik oqimga yuborish
uchun tayyorladilar.
Texnologlar bo‘limining vazifalari taraqqiy mehnat va energiya tejamchi
texnologiyalarni
ishlab
chiqarish,
modellarning
assortiment
seriyasining
unifikastiyalashgan texnologiyasini
ishlab chiqarish, yangi strukturali materiallar
xossalarini o`rganib, ishlab chiqarishga kerakli tavsiyalar berishdan iborat.
Original va etalon andazalarda quyidagi joylarining o'lchash chiziqlari
belgilanadi: “ko'krak kengligi” o‘lcham chizig‘ida old bo'lak
kengligi; “orqa
kengligi” sathida orqa bo'lak kengligi; o'miz chuqurligi sathida buyumning kengligi;
bel, bo'ksa, etak chiziqlarida old va orqa bo'laklar kengligi. Yeng andazalarida yeng
qiyamasining balandligi, tirsak va yeng uchi chiziqlari ko'rsatiladi.
Original, etalon va ishchi andazalar asosiy detallarining birida buyum
komplektini tuzuvchi barcha andazalarning ro'yxati — detallar spesifi-kasiyasi
keltiriladi. Andazalarda quyidagi belgilar ko'rsatiladi:
tanda ipining yo'nalishi;
tanda ipining yo'nalishida yo'l qo'yilgan og'ish chiziqlari;
tarmoq standartlariga binoan detallar uloqlarining yo'l qo'yilgan joyi va
kengligi;
detallarni biriktirishda ishlatiladigan nazorat kertiklari.
Etalon va ishchi andazalar komplektining barcha detallari chetidan 1 mm
masofada har 8-10 sm da tamg'alanadi.
Kam o'zgaradigan buyumlar assortimentiga doir (masalan, maxsus kiyim va h.k.)
ishchi andazalar ekspcrimental sexda saqlanadigan etalon andazalar va o'lchamlar
jadvali bilan har oyda bir marta solishtirib tekshiriladi.
Etalon andazalar esa
andazalar ishchi chizmasi bilan har uch oyda bir marta solishtirib tekshiriladi.