6. Трудовое обучение. Учебник для 5-класса школ общего среднего
образования: / Авторы Ш.Шарипов и другие. – T.: «Шарк», 2015. 155-168 стр.
MA’RUZA № 5
Mavzu: Choynak
uchun yopqish, taglik asos chizmalarini chizish, o‘lchov
olishni, fartuk va ro‘mol fasonlarini o‘zgartirishni o‘rganish.
Reja:
1. Modelni tanlash va modelning tashqi ko'rinishini tavsiflash.
2. Fartukni modellashtirish.
3. Choynak uchun qozonlar, isitish yostiqchalari va stendlarni modellashtirish
.
Tayanch so‘zlar: taglik,
asos chizma, fartuk, ro‘mol, astarlar, bo‘laklar,
bichiqlar, dazmollar.
Choynak yopqichni tikish uchun albatta
birinchi navbatda gazlama, ichki
qatlam va bezaklar tanlanadi. Bezak berish hammaning didiga qarab bezaladi. Eskiz
chiziladi. Shablon tayyorlanadi. Shablonni gazlamaga joylab chok haqlari tashlanib
bichib olinadi. Bichiq bo‘laklarini bir-biriga ulab tikib chiqiladi.
CHoklarni orasi
ochilib dazmollanadi. Astarlari gazlama ham huddi shu tariqa bichib tikiladi. Asos
va astarni bir biriga ulab tikiladi. Astar ulab bo‘lgach ichiga suniy paxta yoki tabiiy
paxta solinibetak qismi ham yopib tikib chiqiladi. Qavib chiqiladi. Qopqoqg‘i ham
shu
tarzda
tikiladi.
Bezak berish hammaning didiga qarab bezaladi.
Oshxona fartuklarini oddiy tikuv mashinalarida ham tikish mumkin.
Matolarni ulgurji savdo do‘konlaridan sotib olgan ma’qul, bu xarajatni bir oz tejaydi.
Dizaynerlik oshxona fartuklari bozordagi bir xillik fartuklardan farq qilishi uchun
tikiladigan matoga e’tibor qaratish lozim. Matoni tanlashda
namlik va kirlarni
o‘tkazmasligi uchun qalinroq bo‘lishi, paxta, lyon matolari gulli,
chiroyli rangli
bo‘lishi yanada fartukka bo‘lgan talabni oshirishga yordamlashadi.
Dizaynerlik oshxona fartuklarini tikishda dizaynerning ishlari e’tiborga
sazovordir. Albatta oshxona fartugining konstruksiyasi va texnologiyasi jihatdan
juda sodda bo‘lib, biznesingizni rivojlanishi fartuk
uchun tanlangan mato va
bezaklarga bog‘liq. Demak oshxona fartuklari matosining gullari, rangi, bezaklari
nafaqat kiyimlarni himoyalashi, balki estetik zavq bag‘ishlashi muhimdir. Oshxona
fartuklarini tikish uchun malakali tikuvchi bo‘lish shart emas. Oshxona fartuklari
30-40 yillardan beri o‘z bichimlarini saqlab qolgan, uning eski andazalaridan ham
foydalansa bo‘ladi.
Siz tikayotgan oshxona fartuklarining qay birga talabni ko‘p bo‘lishi internet
tarmog‘idagi ijtimoiy tarmoqlardan ham bilish mumkin.
Buning uchun oshxona
fartuklarini bir necha xil ranglarda va matolarda tiking va chiroyli fonlarda, sifatli
qilib suratga oling, bunda mahsulot to‘liq ko‘rishini hisobga oling.
Rasmlarni
ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib talabni o‘rganing.Mana shu talab asosida
mahsulotlaringizni ishlab chiqarishingiz mumkin