• 8. Dissertasiya ishi mavzusi
  • Pillani qayta ishlash korxonalaridan ajralib chiqadigan chiqindilardan mineral o‘g‘itlarning samaradorligini oshirishda foydalanish”. Mavzuning dolzarbligi
  • Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni




    Download 100,98 Kb.
    bet2/10
    Sana03.02.2024
    Hajmi100,98 Kb.
    #150932
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ЯТР lotin

    5. Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni: yo‘q.
    6. Tadqiqot yo‘nalishi: 02.00.13 - “Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi”.
    7. Fakulteti va kafedrasi: Kimyoviy va oziq-ovkat texnologiyasi fakulteti, “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi
    8. Dissertasiya ishi mavzusi: Pillani qayta ishlash korxonalaridan ajralib chiqadigan chiqindilardan mineral o‘g‘itlarning samaradorligini oshirishda foydalanish.
    9. Ilmiy rahbari: t.f.d., prof.R.A.Maxmudov
    10. Kutilayotgan natijalar: Ipak qurti g‘umbagidan yuqori darajadagi innovatsion mahsulotlar olish.
    I. Stajyor-tadqiqotchining ilmiy ishi mavzusi va mazmuni
    Pillani qayta ishlash korxonalaridan ajralib chiqadigan chiqindilardan mineral o‘g‘itlarning samaradorligini oshirishda foydalanish”.


    Mavzuning dolzarbligi: Yurtimiz pilla yetishtirish va ipak tolasi ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turadi.Hozirgi kunga kelib 76 dan ortiq klaster usulida pillani yetishtirish va qayta ishlash asnosida ipak mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud.Pillаchilikdа vа pillаkаshlik kоrхоnаlаridа ko‘p miqdоrdа chuvib bo‘lmаydigаn pillаlаr, pillаlаrni chuvishdа tоlаli chiqindilаr vа g‘umbаk hоsil bo‘lаdi. Bu chiqindilаrdаn fоydаlаnish (utilizаsiya qilish) хаlq хo‘jаligidа kаttа аhаmiyatgа egа, chunki hаr bir kilоgrаmm ishlаb chiqilgаn хоm ipаkgа 1 kg gа yaqin turli chiqindilаr to‘g‘ri kеlаdi. Shu bilаn birgа nuqsоnli pillаlаr vа pillа chuvishdаgi tоlаli chiqindilаr yigirilgаn ipаk ishlаb chiqаrishdа qimmаtbаhо хоm аshyo hisоblаnаdi, g‘umbаkdаn esа hаyvоnlаr vа bаliqlаrni bоqish uchun fоydаlаnilаdi, chunki uni tаrkibidа 27% mоy vа 50% оqsil mоddа bоr.
    E`tiborli ta`rafi shundaki 2022 -yilda respublika bo‘yicha jami 24,3 ming tonna pilla xomashyosi tayyorlangan.Mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, bir litr g‘umbak yog‘i jahon bozorida 200 dollar atrofida baholanadi. Hozirga qadar ipak qurti g‘umbagining bir kilogrammi parrandachilik, baliqchilik sanoati korxonalari uchun ozuqa sifatida 5-6 ming so‘mga sotilgan. Ushbu mahsulot aralashmasidan tayyorlangan tibbiyot surtmalari jarrohlikdan keyin hosil bo‘ladigan chandiqlarni yo‘qotish, soch to‘kilishini oldini olish xususiyatiga ega. Undan kosmetologiya sohasida, sovun, shampun ishlab chiqarish sanoatida keng foydalanish mumkin.
    O‘zbekistonda haligacha g‘umbakdan moy olish bo‘yicha aniq bir texnologiya ishlab chiqilmaganligi,olib kelinayotgan texnologiyalar Xitoy davlatidan olib kelinishi kabi muammolarni mavjudligi, hozirgacha ishlab chiqarishda qimmatli hisoblangan g`umbakni hayvonlar uchun arzon ozuqa sifatida foydalanilmoqda.Bugungi kunda birgina Buxoro viloyatida ipak qurtini qayta ishlash korxonalarining quvvati yiliga 2200 tonnadan ortiqni tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqotlar asosida shu ma’lum bo‘ldiki ipak qurti pillasining 48 % ni g‘umbak, qolgan qismini ipak tolasi tashkil etib, bir yilda ishlab chiqarish korxonalarida ajralib chiqadigan g‘umbakning umumiy miqdori 1 056 tonnaga yetadi. 2022-yil yakunlari bo‘yicha keltirilgan statistik ma’lumotlarda g‘umbakni sotishdan olinadigan mablag‘ miqdori (1 kg uchun 6 ming so‘m) 6,336 mlrd so‘mni tashkil etgan. G‘umbakdan juda yuqori darajadagi 20-25% yog‘ ajratib olish imkoni mavjud.Moy ajratib olish jarayonida hosil bo‘ladigan mahsulotdan mineral o‘g‘it ishlab chiqarishda qo‘shimcha sifatida foydalanish mumkinligi ilmiy tadqiqotlar olib borishni muhimligini ko`rsatmoqda.
    O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (2022-2026 yillar)dagi, 31.07.2019 yildagi PQ-4411-son “Pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi hamda 06.02.2020 yildagi PQ-4587-son “Yuqori qo‘shilgan qiymatli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmon va qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.



    Download 100,98 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 100,98 Kb.