|
Buzilgan erlar. Rekultivatsiyalash va tuproq bilan qoplash
|
Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 16,65 Kb. | | #110494 |
Bog'liq 10-ameliy
10-ameliy
ERLARNI VA ATROFDAGI TABIIY MUHITNI MUHOFAZA QILISH.
Reja
Buzilgan erlar.
Rekultivatsiyalash va tuproq bilan qoplash
3. Har xil turdagi erdan foydalanishlarni tashkil etishning xususiyatlari
Erlarni muhofaza qilish
Buzilgan erlar.
Erlarni toifalar va xalq xo‘jaligi tarmoqlari orasida qayta taqsimlash, noqishloq xo‘jalik erdan foydalanishlarini tashkil etish qator vaziyatlarda tiklanishi kerak bo‘lgan, buzilgan erlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Qishloq xo‘jalik erlari sanoat va boshqa ob’ektlarni qurish uchun berilganda, ularning unumdor tuproq qatlamlari keyinchalik foydalanish uchun qirqib olinishi kerak. SHunday qilib, noqishloq xo‘jalik erdan foydalanishlarini tashkil etish «buzilgan erlar», «erlarni rekultivatsiyalash», «erlarni tuproq bilan qoplash» kabi tushunchalar bilan ob’ektiv bog‘liqdir.
Buzilgan erlar deb respublika er fondining hamma toifalaridagi inson faoliyati natijasida foydalanishga yaroqsiz holga kelgan yoki tuproq qatlami tarkibi va o‘simlik dunyosi, gidrologik sharoiti o‘zgarishi va relefi buzilishi natijasida atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbaaga aylangan erlar ataladi. Ular atrofdagi hududlarning tuprohini, havosini, suvlarini ifloslaydigan, aholi turmu-shining gigiena sharoitlarini va landshaftlarning umumiy ko‘rinishini yomonlashtiradigan manbaalarga aylanadi. Qazilma boyliklarni ochiq usulda qazib olish natijasida hosil bo‘ladigan va tartibsiz joylashgan kar’erlar, tuproq va tog‘ jinslari uyumlari tabiiy landshaftlarni buzib, ularga giyox o‘smaydigan cho‘l manzarasini beradi. Avtomobil yo‘llarini va boshqa shunga o‘xshash inshootlarni qurish, eng ko‘p erlarning buzilishiga sabab bo‘ladi.
Buzilgan erlarni xalq xo‘jaligi tarmoqlariga foydalanish uchun qaytarish va ularning atrof muhitga salbiy ta’sirini tugatish maqsadida ularni rekultivatsiyalash ishlari olib boriladi.
Erlarni rekultivatsiyalash - bu injenerlik, texnik, melioratsiya, agrotexnika va boshqa tadbirlar tizimi bo‘lib, buzilgan erlarning biologik unumdorligini va xalq xo‘jaligi uchun ahamiyatini tiklashga hamda atrof muhit sharoitini yaxshilashga qaratilgandir.
Faoliyati erning buzilishiga olib keladigan ob’ektlar uchun er ajratishda rekultivatsiyalash ishlari texnologik jarayonning ajralmas qismi sifatida loyihalanishi kerak.
Rekultivatsiya erlardan har xil tarmoqlarda va maqsadlarda, asosan qishloq xo‘jaligida, foydalanish uchun bajarilishi mumkin. Rekultivatsiyalangan erlardan foydalanish usullari ular joylashgan tabiiy va texnik sharoitlarga, xo‘jalik va ijtimoiy zaruratlarga va iqtisodiy manfaatdorlikka bog‘liq bo‘ladi.
Erlarni rekultivatsiyalashning asosiy yo‘nalishlari:
qishloq xo‘jaligi - unumdor er turlari uchun;
o‘rmon xo‘jaligi - har xil turdagi o‘rmonlarni yaratish uchun;
baliq xo‘jaligi - baliqchilik havzalarini yaratish uchun;
suv xo‘jaligi - har xil maqsadalardagi suv havzalarini yaratish uchun;
rekreatsiya - dam olish ob’ektlari uchun;
sanitariya-gigiena - atrof muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi buzilgan erlarni biologik yoki texnik konservatsiyalash maqsadida;
qurilish - qurilishlar joyi uchun.
|
| |