|
C++ dasturlash tili c tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida b va bcpl tillaridan kelib chiqqan. Bcpl 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi
|
bet | 1/6 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 0,98 Mb. | | #146468 |
Bog'liq Matritsalarni tashkil etish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL–XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA FILIALI
“Kompyuter injineringi” AT-Servis fakulteti 780-22-guruh talabasi
Mamaturaimova Muxarramxonning
“Dasturlash I” fanidan
LOYIHA ISHI
Bajardi: Mamaturaimova Muxarramxon
Qabul qildi: Soliyev Bahromjon
Mavzu: Matritsalarni tashkil etish
MUNDARIJA:
KIRISH .......................................................................................................... 3
NAZARIY QISM ...................................................................................... 5
Matritsalar ......................................................................................... 5
Matritsalar ustida amallar................................................................ 7
Maxsus matritsalar .......................................................................... 13
Amaliy qism................................................................................................15
ILOVA. ........................................................................................................ 19
XULOSA ..................................................................................................... 21
Foydalanilgan adabiyotlar:........................................................................ 22
KIRISH.
C++ dasturlash tili
C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan.
C++ dasturlash tili odatda foydalanuvchilarga birinchi bo'lib tavsiya etiladigan til sifatida qaraladi. C++ tilini oraliq til sifatida qarashimiz mumkin. U quyi darajada to'g'ridan to'g'ri qurilmalar uchun ham ishlay olsa, yuqori darajadagi til sifatida ham turli loyihalarda namoyon bo'la oladi.
C++ yuqori darajadagi dasturlash tili bo'lib, u Bjarne Stroustrup tomonidan
C tilining kengaytirilgan varianti sifatida yaratiladi. Bu tilning ustuvor tomoni unda Obyektga yo'naltirilgan dasturlashning mavjud bo'lganida deb qarash mumkin. C++ tili turli yo'nalishdagi mahsulotlar yaralishida ahamiyatli va mashhur bo'lgan, jumladan video o'yinlar, desktop dasturlari, serverlar, turli aloqa vositalarini misol sifatida ko'rish mumkin.
C++ tili Byarn Straustrup tomonidan 1980 yil boshlarida ishlab chiqilgan.
C++ tilida yaxshi dastur tuzish uchun “aql, farosat va sabr” kerak bo’ladi. Bu til asosan tizim sathida dasturlovchilar uchun yaratilgan.
C/C++ algoritmik tilining alifbosi:
26 ta lotin va 32 ta kirill harflari (katta va kichik);
0 dan 9 gacha bo’lgan arab raqamlari;
Maxsus belgilar: - + * / : ; . , % ? ! = “” № <> { } [ ] ( ) $ # & ^ va h.k.
Kompyuterni biron bir amalni bajarishga majburlash uchun, unga nima xohlayotganimizni aniq, batafsil aytishimiz kerak.
Kompyuterga qo’llanmani batafsil tavsiflash uchun, o’ziga xos grammatikaga ega bo’lgan aniq belgilangan til hamda biz bajarishni xoxlayotgan faoliyatlarni barcha ko’rinishlari uchun yaxshi aniqlikdagi lug’at kerak bo’ladi. Bunday til dasturlash tili va ko’p qamrovli masalalarni yechish uchun ishlab chiqilgan - C++ dasturlash tili deb nomlanadi.
C++ tilining asosoiy yutuqlaridan biri programmalsh masalalarini yechishning zamonaviy usullarini qo’llab-quvvatlashidir. Shu sababli C++ tilidan samarali foydalanishni o'rganish uchun tilning sintaksisi va seman-tikasini bilishning o‘zi yetarli emas. Yanada chuqurroq o'zlashtirish uchun vechish usullari o‘zaro kesishadigan turli-tuman masalalar qaralishi kerak bo‘ladi.
Bunday masalalarni yechish - til vositalarini ishlatishni va ular nima uchun zarur ekanligini anglash imkonini beradi.
Mazkur loyiha ishida C++ tilida programmalash texnologiyasining asosiy uslublari - strukturali, obyektga yo‘naltirilgan va umumlashgan programmalash usullarini qamrab oluvchi masala va misollardan iborat. Misollar ketma-ketligi soddadan murakkabga tartiblangan va undagi misollami yechish turli algoritmlami qo‘liashni va ilova yozishning maxsus usullaridan foydalanishni talab etadi. Har bir mos namunaviy masalani izohli yechib ko'rsatishdan boshlanadi va undan keyin ilovalar keltiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
C++ dasturlash tili c tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida b va bcpl tillaridan kelib chiqqan. Bcpl 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi
|