• C dasturlash tilining kalit so’zlari sizeof
  • C sintaksis c dasturlash tilining tuzilishi




    Download 19,44 Kb.
    Sana21.09.2024
    Hajmi19,44 Kb.
    #271863
    Bog'liq
    C Sintaksis


    C Sintaksis
    C dasturlash tilining tuzilishi. Dastur preprosessor komandalari va bir necha funksiyalardan iborat bo’lishi mumkin. Bu funksiyalar orasida main nomli asosiy funksiya bo’lishi shart. Agar asosiy funksiyadan boshqa funksiyalar ishlatilmasa dastur quyidagi ko’rinishda tuziladi:
    Preprosessor_komandalari

    void main(){


    Dastur tanasi. }


    Preprosessor direktivalari kompilyasiya jarayonidan oldin preprosessor tomonidan bajariladi. Natijada dastur matni preprosessor direktivalari asosida o’zgartiriladi.
    Preprosessor komandalaridan ikkitasini ko’rib chiqamiz.
    #include
    Bu direktiva standart bibliotekalardagi funksiyalarni dasturga joylash uchun foydalaniladi.
    #define
    Bu direktiva bajarilganda dastur matnidagi almashtiruvchi ifodalar almashinuvchi ifodalarga almashtiriladi.
    Misol tariqasida C tilida tuzilgan birinchi dasturni keltiramiz:
    #include
    void main()
    {
    printf("\n Salom, yosh dasturchi Uzbekdevs saytiga xush kelibsiz! \n");
    }
    Bu dastur ekranga Salom, yosh dasturchi Uzbekdevs saytiga xush kelibsiz! jumlasini chiqaradi.
    Almashtiruvchi define direktivasi yordamida bu dasturni quyidagicha yozish mumkin:
    #include
    #define begin
    {
    #define end
    }
    #define pr printf("\n Salom, yosh dasturchi Uzbekdevs saytiga xush kelibsiz!! \n");
    void main()
    begin
    pr;
    end
    Almashtiruvchi define direktivasidan nomlangan konstantalar kiritish uchun foydalanish mumkindir.
    Misol uchun:
    #define ZERO 0
    Agar dasturda quyidagi matn mavjud bo’lsin:
    int d = ZERO;
    Preprosessor bu matnda har bir ZERO konstantani uning qiymati bilan almashtiradi, va natijada quyidagi matn hosil bo’ladi.
    int d = 0;
    Alfavit va xizmatchi so’zlar
    Alfavit. C tili alfavitiga quyidagi simvollar kiradi.

    • Katta va kichik lotin alfaviti harflari (A,B,..,Z,a,b,…,z)

    • Raqamlar: 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9

    • Maxsus simvollar: “, {} | [] () + - / % \ ; ‘ . : ? < = > _ ! & * # ~ ^

    • K o’rinmaydigan simvollar ("umumlashgan bo’shliq simvollari").

    Leksemalarni o’zaro ajratish uchun ishlatiladigan simvollar (misol uchun bo’shliq, tabulyasiya, yangi qatorga o’tish belgilari).
    Izohlarda, satrlarda va simvolli konstantalarda boshqa literallar, masalan rus harflari ishlatilishi mumkin.
    C tilida olti xil turdagi leksemalar ishlatiladi: erkin tanlanadigan va ishlatiladigan identifikatorlar, xizmatchi so’zlar, konstantalar (konstanta satrlar), amallar (amallar belgilari) va ajratuvchi belgilar.
    C dasturlash tilining kalit so’zlari

    • sizeof - Obyekt o’lchamlari haqida ma’lumot olish.

    • typedef - O’zgaruvchi turiga alternativ nom berish. auto, register-Kompilyatorga o’zgaruvchilarning xotirada joylashgan o’rnini ko’rsatish.

    • exter - Kompilyatorga obyektni tashqi fayldan izlash kerakligini ko’rsatish.

    • static - Statik obyektni e’lon qilish.

    • void-Qiymatga ega bo’lmagan kattalik, ko’rsatkichlarda ixtiyoriy ma’lumotlarni bildiradi.

    • short, int, long - Butun sonli o’zgaruvchilar va ularning o’lchamlari.

    • signed, unsigned - Butun sonli o’zgaruvchilar modifikatorlari, ularning oldidagi ishorasi mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.

    • float, double - Haqiqiy sonli o’zgaruvchilar

    • const - O’zgarmas miqdorlar, kompilyatsiya vaqtida ularning dastlabki berilgan qiymati o’zgarmaydi.

    • volatile - Ushbu tipdagi o’zgaruvchining qiymati kompilyatsiya vaqtida o’zgarishi mumkin.

    • char - Belgi turidagi o’zgaruvchilar

    • enum - Butun sonli o’zgaruvchilar to’plamidan olingan olingan bitta qiymat.

    • for, while, do while - Sikl operatorlari

    • if, else - Shart operatorlari

    • switch, case, default - Tanlash operatori

    • break, continue - Siklni to’xtatish operatori

    • goto - Shartsiz o’tish operatori

    • return - Funksiyadan qiymat qaytarish

    • inline - Funksiyani e’lon qilish

    • restrict - Xotira blokiga murojaat qilishni bildiradi. Ushbu murojaat unikal xarakterga ega.

    • bool - Mantiqiy turdagi qiymatlar

    • complex - Kompleks sonlar ustida hisoblashlar bajarish uchun foydalaniladi.

    • atomic - Turni atomar ko’rinishga o’tkazuvchi modifikator

    Download 19,44 Kb.




    Download 19,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    C sintaksis c dasturlash tilining tuzilishi

    Download 19,44 Kb.