• MathCAD dasturi vositalari yordamida masalaning analatik va grafik yechimlarini toping. Xulosa. Foydalanilgana dabiyotlar.
  • Cad tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysini o’rganish va qo’llash




    Download 27,5 Kb.
    bet1/4
    Sana28.11.2023
    Hajmi27,5 Kb.
    #106843
      1   2   3   4
    Bog'liq
    15 mavzu


    CAD tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysini o’rganish va qo’llash.


    Reja:

    1. CAD dasturining asosiy imkoniyatlari bilan tanishi.

    2. CAD tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysini o’rganish va qo’llash.

    3. MathCAD dasturi vositalari yordamida masalaning analatik va grafik yechimlarini toping.

    4. Xulosa.

    5. Foydalanilgana dabiyotlar.

    CAD dasturining asosiy imkoniyatlari bilan tanishi.
    Mathcad paketi muhandislik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo‘lib, u professional matematiklar uchun mo‘ljallangan. Uning yordamida o‘zgaruvchi va o‘zgarmas parametrli algebraik va differensial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar qurish mumkin. Mathcad murakkab masalalarni yechish uchun o‘z dasturlash tiliga ham ega. Cad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o‘xshash. Mathcad ishga tushurilgandan so‘ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasi chiqadi: Standart (Standart), Formatting (Formatlash) va Math (Matematika). Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan ochiladi va unga Workshet (Ish varag’i) deyiladi. Standart (Standart) vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Formatting (Formatlash) formula va matnlarni formatlash bo‘yicha bir necha buyruqlarni o‘z ichiga oladi. Math (Matematika) matematik vositalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular yordamida simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo‘llaniladi. Quyidagi rasmda Mathcadning oynasi va uning matematik panel vositalari ko‘rsatilgan
    Calculator (Kalkulyator) – asosiy matematik operatsiyalar shabloni; Graph (Grafik) – grafiklar shabloni; Matrix (Matritsa) – matritsa va matritsa operatsiyalarini bajarish shabloni; Evluation (Baholash) – qiymatlarni yuborish operatori va natijalarni chiqarish operatori; Colculus (Hisoblash) – differentsiallash, integrallash, summani hisoblash shabloni; Boolean (Mantiqiy operatorlar) – mantiqiy operatorlar; Programming (Dasturlashtirish) – dastur tuzish uchun kerakli modullar yaratish operatorlari; Greek (Grek harflari) - symbolik belgililar ustida ishlash uchun operatorlar. CAD tizimi ishchi hujjatida buyruqlarning yozilishi CAD tizimida buyruqlarni yozish tilda qog‘ozda bajariladigan matematik hisoblarning andozaviy tiliga juda yaqindir, bu esa masalalarni qo‘yish va yechishni sezilarli soddalashtiradi. Natijada matematik masalalarni yechishning asosiy aspektlari ularni dasturlashdan algoritmik va matematik bayonlashga suriladi. CAD da xuddi inson bajarganidek hisoblashlar qat’iy aniqlangan tartibda, ya’ni chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga qarab bajariladi. Bloklarni to‘g‘ri bajarish – hujjatlarni qayta ishlashda tizimning to‘g‘ri ishlashi asosidir. Tizimda xatoning belgisi to‘g‘ri to‘rtburchakka qamrab olingan suzuvchi yozuv ko‘rinishiga ega. Ma’lumotlar turlari Ma’lumotlarning turlariga sonli konstantalar, oddiy va tizimli o‘zgaruvchilar, massivlar (vektorlar va matritsalar) va fayl ko‘rinishidagi ma’lumotlar kiradi. O‘zgarishi mumkin bo‘lmagan nomdor obyektlar, saqlanayotgan qandaydir qiymatlar konstanta deyiladi. Dasturni bajarish davomida qandaydir qiymatga ega bo‘lgan nomdor obyektlar o‘zgarishi mumkin bo‘lganda ularni o‘zgaruvchilar deyiladi. O‘zgaruvchining turi uning qiymati bilan aniqlanadi; o‘zgaruvchilar son qiymatli, qatorli, belgili va h k.z. bo‘lishi mumkin. Konstantalar, o‘zgaruvchilar va boshqa obyektlar-ning nomi identifikatorlar deb yuritiladi. MathCAD da identifikatorlar lotincha yoki grekcha harf va sonlarning to‘plamidan iboratdir. CAD da uncha katta bo‘lmagan maxsus obyektlar guruhi mavjuddirki, ularni konstantalar va o‘zgaruvchilar klasslariga qo‘shib bo‘lmaydi. Ularning qiymatlari dasturni ishga tushirilgan pastda aniqlanadi. Ularni tizim tomonidan ilgaridan boshlang‘ich qiymatlari belgilangan tizimlar o‘zgaruvchilar deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Tizimli o‘zgaruvchilar qiymatlarini o‘zgartirish MathCAD Options ning Matematika -> Opsiyalar buyrug‘i bo‘yicha bajariladi, bunda uning o‘zgaruvchilar dialogli darchasining qo‘yilmasidan foydalaniladi. Oddiy o‘zgaruvchilar tizimlaridan shunisi bilan farqlanadiki, ular foydalanuvchi tomonidan dastlab aniqlangan bo‘lishlari, ya’ni kam deganda bir marta qiymat berilgan bo‘lishlari lozim. Bu holda “:=” belgisi qo‘llaniladi. Agar o‘zgaruvchi := operatori yordamida boshlang‘ich qiymat berilsa, klaviaturadagi : klavishi bosilib u chiqarilsa, bunday belgilash lokal deyiladi. Bungacha o‘zgaruvchi belgisi aniqlanmagan va uni qo‘llash mumkin emas. Ammo, ≡ belgisi yordamida (klaviatura ~ belgisi) global belgilashni ta’minlash mumkin. MathCAD hujjatni ikki marta chapdan o‘ngga va yuqoridan pastga to‘liq o‘qib chiqadi. Birinchi o‘tishda (≡) lokal belgilash operatori tomonidan aniqlangan barcha harakatlar bajariladi, ikkinchi o‘tishda esa (:=) lokal belgilash operatori belgilanib berilgan harakatlar amalga oshiriladi va hisoblashlarning barcha zaruriy natijalari (=) qayd etiladi. Bundan tashqari quyuq tenglik = belgisi (Ctrl+=) ham mavjud bo‘lib, u tenglamalar tizimini yechishda taxminiy tenglik operatori sifatida qo‘llanadi. Yana simvolli tenglik belgisi → (Ctrl+) ham mavjud.

    Download 27,5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 27,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Cad tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysini o’rganish va qo’llash

    Download 27,5 Kb.