1200
0 C
haroratda gidrooksidlar
2Al(OH)
3
→ Al
2
O
3
+ H
2
O
uchun qo’llanadi.
Xlorlovchi kuydirish
oksid yoki sulfidlarni suvda eruvchan yoki uchuvchan
xloridlarlarga aylantirish uchun o’tkazilib, Mg, Ti, Zr, Hf, Sn olish texnologiyasida
qo’llanadi. Rangli metallar metallurgiyasida xlor va xloridlar 1786 yilda rudadan
oltinni va kumushni, 1877 yilda misni ajratib olishda qo’llanila boshladi.
Bir qator metallarni (uran, berilliy) ishlab chiqarish texnologiyasida
xlorlovchi kuydirishga o’xshash
ftorlovchi kuydirish
usuli qo’llanadi. Ftorlovchi
kuydirishning maqsadi – metall oksidlarni ftoridlarga aylantirishdir. Masalan: 500-
700
0 C
haroratda UO
2
+ 4HF = UF
4
+ H
2
O.
Metallurgik eritish
– yuqori haroratda, ko’pchilik hollarda qayta
ishlanayotgan materialni to’liq erishi bilan boradigan pirometallurgik jarayondir.
Eritishning ikkita usuli mavjud: rudali va tozalovchi.
Rudali eritishda
ruda yoki konsentrat (to’g’ridan-to’g’ri yoki oldindan
tayyorlanib) qayta ishlanadi. Asosiy kimyoviy jarayonlarni borishi bo’yicha rudali
eritish quyidagi turlarga bo’linadi:
1.
Tiklovchi eritish
– rudalardan metall olishning eng qadimgi usuli bo’lib,
bu jarayonda oksidli birikmalar uglerodli qaytaruvchilar bilan qaytarib metall
olinadi va keraksiz jinsni shlakka o’tkaziladi. Umumiy holda erish qo’yidagi
sxema bilan ifodalanadi:
(MeO, SiO
2
, CaO, Fe
2
O
3
) + C + O
2
,N
2
→ Me + (SiO
2
, CaO, FeO) + CO
2
, N
2
ruda metall shlak gazlar
Rangli metallurgiyada tiklovchi eritish qo’rg’oshin va qalay ishlab
chiqarishda qo’llaniladi.
2.