|
Chaqilgan tosh materiallarini tayorlash mashinalari
|
bet | 1/4 | Sana | 11.01.2024 | Hajmi | 26,41 Kb. | | #134688 |
Bog'liq CHAQILGAN TOSH MATERIALLARINI TAYORLASH MASHINALARI1
CHAQILGAN TOSH MATERIALLARINI TAYORLASH MASHINALARI
Reja:
Kranlar.
Toshlarni maydalash va saralash mashinalari.
Pardozlash ishlari mashina va uskunalar.
Kranlar
Strelali o’zi yurar kranlar qurilish, montaj va yuklash-tushirish ishlarida keng qo’llaniladi. Ularning asosiy afzalligi yuritmasining avtonomligi, o’zini-o’zi mustaqil yurita olishi, bir ob’ektdan boshqasiga tez o’tishi va almashinuvchi ishchi jihozlarining ko’pligidadir.
Strelali o’zi yurar kranlar qurilish maydonlarida yaxshi harakatlanish va manevrchanlikka ega bo’lgan kranlardan hisoblanadi. Bu kranlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish qulay bo’lgani uchun barcha turdagi qurilishlarda, yuklash, tushirish, qurilmani-o’rnatish va tuzatish ishlarida keng qo’llaniladi.
Gusenitsali kranlar. Sanoatda 16, 25, 40, 63, 100, 160, 250 tonna yuklarni ko’tarish qobiliyatiga ega gusenitsali kranlar ishlab chiqariladi (1-rasm). Ular chiqarma tayanchlarsiz ishlaydi va qurilish maydonlarida0.5...1.0 km/soat tezlikbilan harakatlanadi. Guseitsali kranlarning harakatchanligi va og’ir yuk ko’tarish qobiliyati yirik konstruktsiya va texnologik jihozlarni montaj qilishda foydalanish imkonini yaratadi. Burilish platformasiga ishchi jihozlar, kuch qurilmalari, strela va yuk chig’irlari, aylantirish va boshqarish mexanizmlari o’rnatilgan. Gusenitsali kranlarda mexanik va elektrik yuritmalar qo’llaniladi Yuk ko’tarish qobiliyati 25 tn ortiq bo’lgan og’ir kranlarda dvigatel-generator-dvigatel tizimidan foydalaniladi. Gusenitsali kranlarni bir joydan ikkinchisiga ko’chirish maxsus transport mashinalari yordamida amalga oshiriladi.
Pnevmog’ildirakli kranlar 25, 40, 63 va 100 tn yuk ko’taradigan bo’ladi. Kranning barcha mexanizmlari G-D tizimli bo’yicha (generator-dvigatel) individual o’zgarmas tokli yuritmaga ega (2-rasm). Kranning yurish qismi payvandlangan yurish ramasidan iborat bo’lib, yetaklovchi va boshqariluvchi avtomobil tipidagi ko’priklarga hamda chiqarma tayanchlarga tayanadi. Kranning yuk ko’tarish qobilyatiga ko’ra, ko’priklar 2...5 ta bo’lishi mumkin.
Avtomobil tipidagi maxsus shassilariga o’rnatilgan kranlar. Bu kranlar katta yuk ko’tarish qobiliyati va o’tag’onligi hamda manyovrchaligi bilan qurilish maydonidagi tariroq holda joylashgan ishlarni samarali ravishda amalga oshiradi. Maxsus shassidagi kranlarning yuk ko’tarish qobiliyati 250 tonnagacha va harakat tezligi 70 km/soat gacha boradi. Ularning 3...8 o’qli qilib tayyorlanadi (3-rasm).
Hozirgi avtomobil kranlarini ikkita guruhga bo’lish mumkin:
yuk ko’taruvchanligi 2,5+5t va yuk momenti 75+190 kN, m:
yuk ko’taruvchanligi 6-16t va yuk momenti 210+620 kN, m. bo’lgan kranlar. Bulardan ayrimlari uzunligi turlicha bo’lgan almashtiriladigan strelalar bilan jihozlangan bo’ladi.
Kranlarning havf-hatarsiz ishlashi uchun strelasining uchiga kran ish qismini bir yoki ko’p fazali elektr liniyasiga yaqinlashgandan ogoxlantiruvchi havfli kuchlanishlar avtomatik signalizatori o’rnatilgan.
Bulardan tashqari kranlarni ilgaklarini ko’tarilishi va qo’lochini chegaralovchi hamda og’ish miqdorining chegarasi haqida signal beruvchi qurilmalar bilan ta’minlangan.
YUk ko’taruvchanligi 100 t bo’lgan dizel-elektrik yuritmasiga ega bo’lgan kranning shassisi 5 ta ko’prikdan (most) iborat, ulardan ikkitasi yurituvchi va uchtasi boshqariluvchi hisoblanadi.
Avtomobil kranlarning eng katta kamchiligi, ularning ustuvorlik darajasining nisbatan kamligi xisoblanadi. SHuning uchun ham bu ko’rsatkichni yaxshilash maqsadida mexanik, gidravlik yoki pnevmatik chitsarma tayanchlar qo’llaniladi.
Building construction adhesives, Birkhauser Constructing architecture materials processes structures. Andrea Deplazes. Bauhauz, Berlin, 2007-(201-202).
Avtomobil tipidagi maxsus shassilariga o’rnatilgan kran
Chorpoyali kranlardan shahar, fuqaro va sanoat qurilishida og’ir vaznli uskunalarni o’rnatish, qurilish konstruktsiyalarini va detallarini tayyorlaydigan korxonaning omborlarida, hovlisida yuklash tushirish va tashish ishlarini bajarishda, ko’priklar, metro, estakadalar qurishda asosiy o’rnatish ishlarini bajarishda foydalaniladi (4-rasm). Bu kranlarning afzalligi konstruktsiyasining turg’unligidir. Yukni ko’tarish balandligi va ishlash zonasi cheklanganligi uning kamchiligidir.CHorpoyali kranlar ko’p motorli bo’lib, o’zgaruvchan tok bilan ishlaydi. Bu kranlar kran osti yo’llari bilan chegaralangan maydon tashqarisidagi yuklarni qo’zg’atish maqsadida konsolsiz va bir yoki ikki konsolli qilib tayyorlanadi.
Building construction adhesives, Birkhauser Constructing architecture materials processes structures. Andrea Deplazes. Bauhauz, Berlin, 2007-(204).
Asosiy parametrlari: yuk ko’taruvchanlik «Q», kranning qulog’i «Z», yoki koleyasi, yuk aravachasining yo’l uzunligi «Z», ilgakni ko’tarilish balandligi «N», va kranning bazasi «V» bitta relsda o’rnatilgan yuritish aravachalarining sharnirlari o’rtasidagi masofa.
Chorpoyali kranlarni montaj- qilish turli usullar bilan bajariladi:
Bir yoki ikkita o’zi yurar strelali kranlar yordamida:
Bir yoki turtta ko’taruvchi machta yordamida polispast va chig’irlar komplekti bilan:
Yerda yig’ib olib, keyin uni ko’tarish 90% ga burish yo’li bilan:
Kranni o’z mexanizmlari va tortuvchi polispastlari yordamida ko’tarish. Ko’prik kranlar. Yirik inshootlarning fundamentini qurishda, sanoat binolari qurilmalari va konstruktsiyalarini montaj qilishda hamda ishlab chiqarish jarayonida sanoat binolarida ko’prik kranlardan foydalaniladi. Kran ko’prigi metall konstruktsiyadan iborat bo’lib, rels bo’ylab haraktlanuvchi aravachalarga o’rnatilgan. Konstruktsiyasiga ko’ra ko’prik kranlar bir va ikki balkali bo’ladi (5- rasm). Bir balkali kranlar 10 tonnagacha yuk ko’tarib, tayanchlar orasidagi masofa 5-17m bo’ladi.Katta yuk ko’taruvchi kranlarda ko’prik ko’ngdalang kesimi to’rt burchak yoki tavrdan iborat bo’lgan bo’ylama ikkita balkalardan tayyorlanadi. YUk ko’taruvchanligi 20 tn.dan ortiq bo’lgan kranlarda asosiy va yordamchi yuk ko’tarish mexanizmlari qo’llaniladi.
Ko’prik kran.
|
| |