Toshlarni maydalash va saralash mashinalari




Download 26,41 Kb.
bet3/4
Sana11.01.2024
Hajmi26,41 Kb.
#134688
1   2   3   4
Bog'liq
CHAQILGAN TOSH MATERIALLARINI TAYORLASH MASHINALARI1

Toshlarni maydalash va saralash mashinalari.



Tosh – tabiiy tosh turli-tuman xossalar va sifatga ega bo’lishi mumkin. Uning ob-havo sharoitlariga va ―so’nishga‖ moyilligi nafaqapt tosh tipiga, balki uning kelib chiqish joyi va karerdagi pozitsiyasiga ham bog’liq.
Glina - Uglerodli terish bloklari shakllari keng assortimentda (bezak g’ishti, qattiq qoplamali g’isht va sh.k.) mavjud. Sog’ tuproq va loytuproqlar ular uchun xom ashyo bo’lib xizmat qiladi. Sog’ tuproq va loytuproqlar xossalari tarkibdagi loysimon minerallar, ohak va temir oksidi miqdoriga ko’ra o’zgarib, ular, o’z navbatida, tayyor mahsulotning rangi va tuzilmasiga ham ta’sir ko’rsatadilar17.
Qurilishda noruda qurilish materiallaridan chaqiq tosh, shag’al va qumlar keng miqyosda ishlatiladi. Ular beton, qorishma va yo’l qurilish aralashmalari tayyorlashda, suv omborlari va dambalarni qurishda ishlatiladi.
Noruda qurilish materiallarining sifati qurilgan bino va inshootlarning uzoq vaqt saqlanishini belgilaydi. Qurilishda chaqiq tosh, shag’al va qum asosan beton tayyorlashda ishlatiladi. Tabiiy qurilish materiallarini qayta ishlamasdan turib, ulardan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Shu sababli chaqiq tosh uchun tog’ jinslari maydalanadi, saralanadi va yuviladi. Shag’al toshlari saralanadi va yuviladi. Ular faqat zarur bo’lganda (shag’al tarkibida yirik toshlar bo’lganda, beton bilan yaxshiroqyopishishi uchun) maydalanadi.
Qum odatda yuviladi va ayrim hollarda maydalanadi. Turli tog’ rudalari (granit, bazalt, diorit, diabaz, siyenit va boshqalar), cho’kmalar (qum, ohak tosh, shag’al va boshqalar) xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Bu xom ashyolar karerlardan maydalash-saralash zavodlariga keltirilib, ulardan aqiq tosh, qum va shag’al olinadi.
Zarralarning kattaligiga ko’ra chaqiq tosh va shag’al quyidagi turlarga bo’linadi:
navli: mayin (5-10mm): mayda (10-20mm); o’rta (20-40mm): yirik (40-150mm); oddiy: o’rta (5-40mm): yirik (5-150mm);
Qumning yirikligi 0.15 dan 5 mm gacha bo’lishi kerak.
Maydalashning asosiy ko’rsatkichlaridan biri maydalash darajasi bo’lib, u maydalagichga tushayotgan eng katta tosh o’lchamining Dmax, maydalangan toshning eng katta o’lchamiga dmax , nisbati bilan aniqlanadi. Ya’ni,
i = Dmax / dmax .
Building construction adhesives, Birkhauser Constructing architecture materials processes structures. Andrea Deplazes. Bauhauz, Berlin, 2007. –(32)
Maydalash quyidagi turlarga bo’linadi:

  • yirik ( Dmax = 1200... 1500 mm, dmax = 100... 300 mm );

  • o’rta ( Dmax = 100...300 mm dmax = 30...100 mm );

  • mayda ( Dmax = 30...100 mm dmax = 5...100 mm );

  • mayin ( tuyilgan ).

Jag’li maydalagich. Jag’li maydagichlar mustahkaligi yuqori va o’rtacha bo’lgan materiallarni birinchi va kkinchi bosqichda maydalaydi (11-rasm). Jag’li maydalagichlarning qo’zg’aluvchan jag’i oddiy va murakkab harakat qiluvchi turlari bor.
Jag’li maydalagichlarni texnik ish unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Pj=60 V n kr, m3/soat (3)
bu yerda: V – ekstsentrik valning ir aylanshida tushadigan material hajmi; n – qo’zg’aluvchi jahning bir minutdagi tebranish soni;
kr = 0.3..0.7- maydalanuvchi toshlar orasidagi bo’shliqni hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Konusli aydalagichlar yuqori abrazivlilik darajasidagi mustahkamligi 333MPa gacha bo’lgan jinslarni maydalash uchun ishlatiladi (12-rasm). Bunday maydalagichlarda material ishchi konus bilan maydalash kamerasida eziladi.Ishchi konus qzg’almas konus ichida fazoviy harakat qiladi.
Muttasil ravishda maydalovchi konusning yasovchilaridan biri qo’zg’almas konusning ichki devoriga eng yaqin, uning qarama-qarshi tomonidagi yasovchisi esa uzoq masofada bo’ladi.
Konusli maydalagichlarning ish unumdorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Pk = q b, m3/soat, (4)
bu yerda: q- 1mm tushirish tirqishiga to’g’ri keladigan unudorlik, m3/soat; o’rtacha o’lchamda maydalovchi maydalagichlar uchun q= 0,54 D2n; mayda o’lchamda
maydalovchi maydalagichlar uchun q= 1,32 D2n; D- qo’zg’aluvchan konus asosining diametri, m; n- aylanma tebranishlar takroriyligi, sek;
b – tushirish tirqishining kengligi.

Download 26,41 Kb.
1   2   3   4




Download 26,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshlarni maydalash va saralash mashinalari

Download 26,41 Kb.