• Beton aralashtirgichlar.
  • Reja: Beton va qorishma aralashmalarini taiyorlash mashina hamda qurilmalari




    Download 343,89 Kb.
    bet1/6
    Sana15.05.2024
    Hajmi343,89 Kb.
    #234462
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Reja Beton va qorishma aralashmalarini taiyorlash mashina hamda


    Beton qorishmalarni tayorlash mashinalari va uning komponetlari
    Reja:
    1.Beton va qorishma aralashmalarini taiyorlash mashina hamda qurilmalari
    2. Beton aralashmalari hamda qorishmalarni tashish va uzatish
    3.Beton aralashmalarini yotqizish va zichlash (shibbalash) mashinalari
    4.Foydalanilgan adabiyotlar

    Aralashtirish mashinalari beton aralashmalari va qorishmalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Vazifasiga qarab ular beton aralashtiruvchi va qorishma aralashtiruvchilarga bo‘linadi.


    Aralashtirish mashinalari tasniflanadi:

    Majburiy aralashtiruvchi uzluksiz ishlovchi hamda davriy ishlovchi aralashtirgichlar na faqat beton aralashmasini tayyorlash uchun, shuningdek qorishma tayyorlashda ishlatilishi mumkin.


    Siklik ishlovchi aralashtirgichlarning aosiy parametri – tayyor aralashma hajmi, litr. Bu yerda shuni e’tiborga olish kerakkim tayyor aralashmaning hajmi, aralashtirgichga tushiriladigan materiallar hajmi yig‘indisidan kamroq. Uzluksiz ishlovchi aralashtirgichning asosiy parametri tayyor ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha unumdorligi, m3/soat.
    Beton va qorishma aralashmalari hamda quruq qorishma tayyorlash, shahar qurilish shirkatlarida markazlashtirilgan beton va qorishma korxonalarida yoki uzellarida tayyorlanadi. Qurilish maydoniga bu qorishmalar maxsus transportlarda tashib beriladi. Ish hajmi kam va korxona uzoq bo‘lganda beton va qorishmalar ob’yektni o‘zida tayyorlanadi. Keyingi paytlarda ko‘pincha ob’yekt qoshida beton tayyorlovchi mobil qurilmalardan foydalanilmoqda.
    Beton aralashtirgichlar. Beton aralashmalari beton aralashtirgichlarda aralashtiriladi.
    Beton aralashtirgichlar: ishlash tarziga ko‘ra - davriy va uzluksiz ishlaydigan; aralashtirish usuliga ko‘ra - tashkil etuvchilar erkin tushgan holda aralashtiriladigan va majburan aralashtiriladigan turlarga bo‘linadi.
    Aralashtirgichlar davriy ishlaganda material bilan yuklash, aralashmani qorish va uni bo‘shatish porsiyalar bilan, uzluksiz ishlaganda esa yuklash, qorish va aralashmani bo‘shatish uzluksiz ravishda amalga oshiriladi. Davriy ishlaydigan beton aralashtirgichlarning tuzilishi sodda, xohlagan marka va bikirlikdagi beton chiqarishga tez moslashtirish mumkin. Uzluksiz ishlaydigan beton aralashtirgichlar ixcham, metall sarfi kam bo‘lib, ular ko‘proq avtomatlashgan texnologik liniyalarda ishlashga moslashgan bo‘ladi. Aralashmani tayyorlash ketma-ket bajariladigan texnologik jarayonlardan iborat: aralashtirgichni tashkil etuvchilar bilan yuklash, (bog‘lovchi, to‘ldiruvchi, suv); ularni aralashtirish; tayyor aralashmani transport vositasiga ag‘darib berish. Korxonalarning asosiy jihozlari: beton aralashtirgich, dozalash qurilmalari tashkil etuvchilar bunkeri va tashish vositalaridan iborat bo‘ladi.
    Davriy ishlaydigan beton korgichlarning tuzilishi sodda, xohlagan markada beton tayyorlashga tezda moslashtirish mumkin.
    Uzluksiz ishlaydigan beton aralashtirgichlar ixcham, ular ko‘prok, avtomatlashgan, texnologik liniyalarda ishlashga moslashgan bo‘ladi.

    Download 343,89 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 343,89 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Beton va qorishma aralashmalarini taiyorlash mashina hamda qurilmalari

    Download 343,89 Kb.