|
Reja: Beton va qorishma aralashmalarini taiyorlash mashina hamda qurilmalari
|
bet | 4/6 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 343,89 Kb. | | #234462 |
Bog'liq Reja Beton va qorishma aralashmalarini taiyorlash mashina hamdaAvtoqorishma tashigichlar turli markadagi qurilish qorishmalarini tashish va ularni qurilish ob’yektlarida porsiyalab berish uchun ishlatiladi. Qurilish ob’yektiga tashish davomida qorishma qo‘zg‘atilib turiladigan rejimda bo‘ladi.
Avtoqorishma tashigich (6.12-rasm) yuk avtomobili shassisiga o‘rnatilgan sisterna 2 shaklida yasalgan bo‘lib uning ichida parrakli qo‘zg‘atgich 3 bor.
Sisternaning pastki qismida to‘shirish novi va gidrosilindr bilan harakatga keluvchi zatvor o‘rnatilgan. Sisternaning yuqori qismda qopqoqlar bor.
6.12-rasm. Avtoqorishma tashigich
Sisternani zatvor bilan bo‘shatishning mexanik sistemasi qorishmani porsiyalab berish va mashinaning bitta reysida bir nechta qurilish ob’yektlariga xizmat qilish imkonini beradi.
Kuzov yuklanadigan tomonga qarab, torayib boradi va uning og‘zi tashiladigan aralashmaning sathidan balandda turadi, tukilib ketmaydi. Kuzovni bo‘shatish uchun, kuzov gidroqo‘zg‘atgich bilan ta’minlangan, quyosh va yog‘insochindan saqlash uchun usti berkitiladi (qopqoq bilan). Qishda kuzovni ikki qavatli devori ichidan avtomobil chiqarayotgan gaz o‘tib isitib turadi. Badyalarga to‘kish qulay bo‘ladi.
Betonnasos va pnevmohaydagichlar katta beton ishlari hajmiga ega bo‘lgan qurilish ob’yektlarida metall quvur − beton yo‘li bo‘ylab beton aralashmasini uzluksiz xaydab berish uchun qo‘llanadi. Beton nasoslarining asosiy parametrlariga hosil qila oladigan eng katta ish bosimi (MPa), hajmiy uzatishi (ish unumi) (m3/soat), aralashmani gorizontal (400 m gacha) va vertikal buylab (80 m gacha) masofaga uzatish (m) kiradi. Betonnasos qurilmalarini ketma-ket yig‘ib uzatish masofasi va balandligini oshirish mumkin. Monolit inshootlarni barpo etganda betonni quvurlar bo‘ylab uzatish lentali konveyer yoki kranlar yordamida uzatishga qaraganda ancha unumli va ishlar tannarxini kamaytiradi. Betonni uzatishning bu usuli tor sharoitlarda va borish qiyin bo‘lgan joylarda ya’ni, uzatishni boshqa usulini qo‘llab bo‘lmaydigan sharoitlarda ishlash imkonini beradi. Beton nasoslar tasnifi:
ish tavsifi bo‘yicha – aralashmani siklik va uzluksiz uzatish;
Nasos qismlarining harakatlanish prinsipiga ko‘ra porshenli va porshensiz beton nasoslariga bo‘linadi.
yuritma turi bo‘yicha – mexanik va gidravlik yuritma;
beton tashuvchi silindrlar hisobi bo‘yicha – bir va ikki silindrli;
ishlab chiqarilishiga qarab – statsionar (6.13-rasm), tirkamali va mobilli (avtobetonnasos).
6.13-rasm. Statsionar betonnasos.
6.14-rasmda porshenli mexanik yuritmali va tiqin turidagi klapanli nasosning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Qabul bunkeri 1 ga yuklangan beton aralashmasi qotib qolmasligi uchun parrakli aralashtirgich 2 yordamida qo‘zg‘atib turiladi va parrakli qo‘zg‘atuvchilar 3 yordamida beton tashish silindri 7 ning suruvchi klapani 4 ga uzluksiz uzatib turiladi.
6.14-rasm. Mexanik yuritmali porshenli beton nasosi.
Porshen 8 ning chapga yurishida (6.14-rasm, a) suruvchi klapan ochiladi
(haydovchi klapan 6 berk) va ish aralashmasi silindrning ish bushlig‘iga so‘riladi.
Porshenning ungga yurishida (6.14-rasm, б) haydovchi klapan 6 ochilib (suruvchi klapan 4 berk), aralashma porshen bilan beton yo‘li 5 ga haydaladi. Porshenning ilgarilama-qaytma harakati bilan klapanlarning ochilib-yopilishi tartibining mos tushishiga bitta tirsakli val 10 dan majburiy harakat berish hisobiga erishiladi: porshenga − shatun 9 orqali, klapanga esa kulisa mexanizmi 11 va boshqarish tortqilari 12 orqali. Tirsakli valning bir marta aylanishida ikki takt ya’ni, surish va haydash taktlari bajariladi. Klapan va yuritma detallari ish paytida sinib qolmasligi uchun tortqi 12 prujinali cheklagichlarga ega, ular klapanlarning chaqiq toshlar bilan tiqilib qolish paytlarida ishga tushadi. Bu turdagi nasoslarning ish unumdorligi soatiga 10...40 m3.
Hozir ko‘proq qo‘llanadigan nasoslardan ikki silindrli gidravlik porshenli nasoslar hisoblanadi. Ularda porshen va beton aralashmasi oqimining ish silindrlariga taqsimlab beruvchi zaslonkalarning harakati ikki tomonlama harakatga ega bo‘lgan gidrosilindrlar yordamida ta’minlanadi. Shu turdagi nasoslarning prinsipial sxemasi 6.15- rasmda ko‘rsatilgan. Nasosning ikkita beton tashuvchi silindri 7 ning porshenlari 6 alohida-alohida gidrosilindrlar 5 dan qarama-qarshi yo‘nalishda sinxron harakat oladi, bunda ular navbat bilan aralashmani qo‘zg‘atuvchiga ega bo‘lgan qabul bunkeri 2 dan surish takti va uni beton yo‘li 1 ga haydash taktini bajaradilar.
6.15- rasm. Gidravlik yuritmali, ikki silindrli porshenli beton nasosi
Porshenlarning harakati klapan taqsimlagich qutisi zaslonkalarining vertikal 8 va gorizontal 4 xolatlari bilan moslashtirilgan, ular porshenning oxirgi holatlarida navbat bilan beton tashish silindrlari 7 ning haydovchi va suruvchi teshiklarini berkitadi. Zaslonkalar yon tomonga joylashgan gidrosilindrlar 3 yordamida harakatlanadi.
Gidravlik yuritma aralashmaning beton yo‘li bo‘ylab tekis harakatlanishini ta’minlaydi, nasos uzellarini o‘ta yuklanishdan saqlash va ish bosimini hamda mashinaning ish unumdorligini keng chegarada rostlash imkonini beradi.
|
| |