Jizzax Davlat pedagogika Universiteti 3
kurs sirtqi Matematika va informatika
yo’nalishi talabasi
Egamberdiyev
Hoshimning
Kompyuterli
modellashtirish
fanidan Masalalar
yechishda axborot texnologiyalari
mavzusidagi
Mustaqil ishi
Mavzu:
Masalalar
yechishda axborot
texnologiyalari
Matematik model xar xil vositalar yordamida
berilishi
mumkin.
Bu
vositalar
fizik
qonuniyatlar
hamda
funksional
analiz
elementlarini ishlatib differensial va integral
tenglamalar tuzishdan to hisoblash algoritmi va
EXM
dasturlarini
yozishgacha
bo’lgan
bosqichlarni o’z ichiga oladi. Har xil bosqich
yakuniy natijasiga ko’ra o’ziga xos ta‘sir
ko’rsatadi va ulardagi yo’l qo’yiladigan
xatoliklar oldingi bosqichlardagi xatoliklar bilan
ham belgilanadi. Ob‘ektning matematik modelini
tuzish, uni EHM da bajariladigan hisoblashlar
asosida tahlil qilish - hisoblash tajribasi deyiladi
Hisoblash tajribasining umumiy sxemasi
quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
1. Masalaning qo’yilishi va tahlil.
2. Masalaning matematik modelini yaratish.
3. Hisoblash algoritmini qurish.
4. Dasturiy ta‘minot yaratish va uni EHM ga
tatbiq etish.
5. EHM da olingan natijalarni tahlil qilish.
Birinchi bosqichda masalaning aniq qoyilishi,
berilgan va izlanuvchi miqdorlar,
ob‘ektning matematik modelini tuzish uchun
ishlatish lozim bo’lgan boshqa hususiyatlari
tasvirlanadi.
Ikkinchi bosqichda fizik, mexanik, kimyoviy va
boshqa qonuniyatlar asosida matematik modelb
tuziladi. U asosan algebraik, differensial,
integral, integro- differensial va boshka turdagi
tenglamalardan iborat bo’ladi. Ulami tuzishda
o’rganilayotgan
jarayonga
ta‘sir
ko’rsatuvchi omillarning barchasini bir vaqtning
o’zida
hisobga
olib
bolmaydi,
chunki,
matematik modelb juda murakkablashib ketadi.
SHuning
uchun,
modelb
tuzishda
qaralayotgan jarayonga eng kuchli ta‘sir etuvchi
asosiy omillargina hisobga olinadi.
Masalaning matematik modeli yaratilgandan
so’ng,
uni
Yechish
usuli
izlana
boshlanadi, ya‘ni, mos tenglamalar echilishi va
kerakli
ko’rsatkichlar
aniqlanishi
lozim.
Ayrim hollarda masalaning qo’yilishidan keyin
to’g’ridan-to’g’ri, masalani Yechish usuliga
ham o’tish kerak bo’ladi. Bunday masalalar
oshkor ko’rinishdagi matematik model bilan
ifodalanmasligi mumkin. Bu bosqich masalalarni
EXMda
Yechishning
uchinchi
bosqichini
tashkil qiladi.
Navbatdagi
bosqichda,
ya‘ni,
to’rtinchi
bosqichda, masalani EHM dan foydalanib
Yechish uchun uning Yechish algoritmi ishlab
chiqiladi, hamda shu algoritm asosida biror-bir
zamonaviy algoritmik tilda EXM da ishlatish
uchun dastur tuziladi. Dastur ma‘lum talablar
asosida
tuziladi.
Masalan,
u
umumiylik
xususiyatiga ega bo’lishi kerak, ya‘ni, matematik
modelda ifodalangan masala parametrlarining
etarlicha katta sohada o’zgaruvchi qiymatlarida
dastur ishonchli natija berishi kerak. U bir necha
mustaqil qismlar (proseduralar) dan iborat
bo‗lishi mumkin
Nihoyat masalani Yechishning yakunlovchi beshinchi
bosqichida
yaratilgan
dastur
EXMga kiritiladi va sozlanadi xamda olingan natijalar
chuqur
taqlil
qilinib,
baxolanadi.
Natijalarni tahlil kilish, zarur bo’lgan xollarda
algoritmni,
Yechish
usulini
va
modelni
aniqlashtirishga yordam beradi, xattoki masalani
noto’g’ri
qo’yilganligini
xam
baxolab
berishi mumkin. SHunday qilib, biz masalalarni EXM
lar yordamida Yechish bosqichlari bilan tanishib
chikdik. SHuni ta‘kidlash lozimki, xar doim xam bu
bosqichlar
bir-biridan
yaqqol
ajralgan
xolda bo’lmasdan, bir-biriga ko’shilib ketgan bo’lishi
xam mumkin.
|