• Chinni materiallarining tuzilishi va fazalar bo‘yicha tarkibi
  • Chinni-fayans materiallarining asosiy xossalari. Oqlik darajasi.
  • Namunali chinni–fayans massalarining tarkibi




    Download 34,99 Kb.
    bet4/4
    Sana07.12.2023
    Hajmi34,99 Kb.
    #113546
    1   2   3   4
    Bog'liq
    CHINNINING TURKUMLANISHI VA TURLARI.

    Namunali chinni–fayans massalarining tarkibi

    Massa

    Tarkibi

    Kuydirish temperaturasi, 0C

    Tuproq moddasi

    Kvarts

    Dala shpati

    Ohak, dolomit, suyak kuli, talk

    Birinchi

    Ikkinchi

    Qattiq an’anaviy chinni

    50

    25

    25




    850-900

    1380-1430

    Elektrotex-nika chinnisi

    40-50

    22-40

    20-28







    1320

    Xo‘jalik chinnisi

    47-52

    12-35

    18-25




    900-1010

    1320-1380

    Kimyoviy chinni

    60-68

    10-15

    17-30




    900-1040

    1410

    Yumshoq chinni

    25-35

    10-45

    30-55




    900-1010

    1200

    Yarim chinni

    20-55

    22-28

    9-30




    1230-1280

    1100-1120

    Nafis tosh buyumlari

    50-58

    25-26

    17-25

    0,5-2

    900-1040

    1120

    Dala shpatili fayans

    40-60

    30-50

    3-8




    1230-1280

    1000-1120

    Sopol

    35-40

    30-40

    -

    20-35

    950-1050

    880-1060

    Chinni massalarining shixta tarkibini kimyoviy tarkibda ifodalanganda xar bir oksidning miqdori haqida so‘z yuritish mumkin. Qoniqarli bo‘lgan xo‘jalik chinnisining tarkibida (Fe2O3 va TiO2) larning miqdori 0,8% dan oshmasligi, SiO2: Al2O3 nisbati 3 ga yaqin, ishqoriy oksidlarning yig‘indisi 4,2% dan oshmasligi lozim. Keyingi yillarda fayans buyumlarining tarkibiga turli sanoat chiqindilari, ko‘pincha shisha chiqitlari yoki shlaklar kiritilayapti.
    Qattiq chinnidan yumshoq chinniga o‘tish bilan massalarning kislotalik koeffitsienti ortib boradi. Qattiq chinnida bu ko‘rsatkich 1,1 - 1,3 bo‘lsa, yumshoq chinnida esa 1,68-1,75 ga teng. Ko‘pincha xo‘jalik chinnisi massalarining kislotalik koeffitsienti ularning o‘rtasida bo‘ladi, uning ortib ketishi chinnining o‘tga bo‘lgan bardoshligi kamaytirib, uning mo‘rtligini oshiradi .
    Chinni materiallarining tuzilishi va fazalar bo‘yicha tarkibi. To‘liq va normal xolda pishirilgan chinnining tuzilishi quyidagicha ta’riflanadi: kvarts donachalarining miqdori 8-12% bo‘lib, ular yaxshigina yumshab eriy boshlagan, o‘lchamlari 12 - 30 mkm, donalari chetida 2 - 3 mkm ga teng bo‘lgan erigan x oshiya sifat qavat hosil bo‘ladi. Dala shpati donalari erib, o‘z kiyofalarini yo‘qotadilar, ularda uzunligi 2 dan 6 gacha va eng maksimal tarzda 10-12 mkm ga teng bo‘lgan mullitning ignasimon kristallari to‘planadilar. Strukturadagi g‘ovaklar yopiq bo‘lib, dumaloq shaklga ega bo‘ladi, diametri 10 mkm ga teng bo‘lib, ularning miqdori 5% dan oshmaydi. Birlamchi mullitning kristallari massada barobar taqsimlanadi, ularning o‘lchami 2-4 mkm, ba’zida 6 mkm gacha yetadi. Shisha - mullit qismning umumiy miqdori 72-78% ga yetadi, uning nur sindirish ko‘rsatkichi 1,501-1,504 ga teng. 
    Suyakli chinnining tarkibida anortit hamda kaltsiy ortofosfat ya’ni viklokit hosil bo‘ladi, shisha fazasini esa mikroklin vujudga keltiradi. Fayansda degidratlangan tuproq moddasi va kaolin, tuproq va kvarts asosida hosil bo‘lgan suyultma yordamida bir-biri bilan qotishib bog‘lanib turadi.
    Chinni-fayans materiallarining asosiy xossalari. Oqlik darajasi. Chinni-fayans materiallarining asosiy xususiyatlaridan biri oqligi va shaffoflik darajasidir. Materialdan qaytayotgan nurning tarqalish jadalligini xarakterlab beruvchi fizik xodisa oqlik deb ataladi. Yorug‘lik nurining qaytish koeffitsienti ko‘zga ko‘rinuvchi spektrning ixtiyoriy maydonida bir xil va birga teng bo‘lgan yuza oq yuza deb ataladi. Bunda yangi cho‘ktirilgan bariy sulfatining yuzasini 100% li oq yuza deb qabul qilinadi va u chinnining oqligini aniqlovchi fotometr uchun oqlik etaloni sifatida ishlatiladi. Oqlik ham turli tuslarda bo‘lishi mumkin. Juda och sariq tusli oq rang chinniga bir oz iliqlik bersa, havo rang tus chinnining oqligiga sovuqlik kiritadi, g‘ovaklar yorug‘likning tarqalishiga ko‘mak beradi, shu sababli fayansning oqligi chinnining oqligidan yuqori bo‘ladi (78-82%).
    Rang beruvchi oksidlar (Fe2O3 va TiO2) chinni va fayansning oqligini pasaytirib, uning sifatini tushirib yuboradi, TiO2 chinnining to‘q ranglar bilan ifloslanishini ko‘paytiradi.
    Shaffoflik darajasi. Chinni-fayans buyumlarining shaffoflik darajasi materialdan o‘tib ketgan yorug‘lik tezligining unga tushayotgan yorug‘lik tezligiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi. Agar chinnining 1320 0C da kuydirilgandan keyingi shaffofligi 1,51/0,390; 1,51/0,666; 1,55/0,501 bo‘lsa, 1390 0C dan keyin u 1,52/0,590; 1,47/0,90; 1,55/0,790 gacha ortadi. Bu ko‘rsatkichlarning suratida chinni plastinkasining qalinligi ko‘rsatilgan, maxrajida esa shaffoflikning qiymati berilgan. Demak, shaffoflik materialning qalinligiga bog‘liq bo‘ladi. 
    Download 34,99 Kb.
    1   2   3   4




    Download 34,99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namunali chinni–fayans massalarining tarkibi

    Download 34,99 Kb.