Chirchik State Pedagogical University
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023
Effectiveness of Introduction of Digital
Technologies in the Educational Process
Ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
joriy etish samaradorligi
517
October 20, 2023
https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
uchun maktubdagi axborot kodlangan va uni dushman o’qiy olmagan. Birinchi kodlashni
qo’llagan inson qadimgi Gretsiya sarkardasi Lisandro bo’ladi. U axborotlarni maxfiy
saqlash uchun “Ssital” tayoqchasini o’ylab topadi. Kodlashning bu usuli o’rin
almashtirish usuli hisoblanadi. Ya’na bir bizga ma’lum va mashhur kodlash usulidan biri
bu Morze kodlash usulidir. Morze kodlash usulida ikki belgi ya’ni
nuqta va tiredan
foydalanib axborot kodlanadi. Shu o’rinda savol tug’iladi: “Kodlangan axborotni qanday
qilib dastlabki ko’rinishga keltirish mumkin?”. Ushbu savolning javobi dekodlashdir.
Ya’ni kodlangan axborotni birlamchi ko’rinishga o’tkazish dekodlash deyiladi.
Kodlashning ikki xil usuli mavjud. Bular quyidagilar:
1.
Notekis kodlash usuli kodlashda belgiga mos qo’yiladigan kod uzunligi
turlicha bo’ladi.
2.
Tekis kodlash usuli kodlashda belgiga mos qo’yiladigan kod uzunligi bir xil
bo’ladi. [2]
Ko’rib turganimizdek, axborotlarni kodlash hayotimizning
har bir jabhasida
qo’llaniladi. Hisoblash mashinalarining ham asosi aynan axborotlarni kodlash bilan
bog’liq. Biz hayotimiz davomida o’nlik sanoq sistemasidan foydalanamiz va ushbu
sanoq sistemada amallar bajarishni mukammal bilamiz.
Ammo ikkilik, sakkizlik, o’n
oltilik va boshqa sanoq sistemalarida ishlash bizga qiyinchilik tug’diradi. Hech o’ylab
ko’rganmisiz kompyuterga biron bir axborotni kiritsak kompyuter ushbu axborotni
qanday saqladi. Kompyuter axborotlar bilan ishlashda binar ya’ni
ikkilik sanoq
sistemasi( ikkilik sanoq sistemasi ikki belgidan 0 va 1 lardan iborat)dan foydalanadi.
Biz kompyuter biror axborotni kompyuterga kirgizsak kompyuter uni juda qisqa vaqt
davomida qayta ishlab axborotni ikkilik sanoq sistemasi bo’yicha kodlaydi. Agar
kirgizgan axborotimizni qayta ekranga chiqarmoqchi bo’lsak kompyuter dekodlashni
amalga oshirib ikkilik sanoq sistemasidagi kodlangan raqamli
axborotni asl holatiga
keltiradi. Xulosa qilib aytganda, kodlarsiz raqamli texnologiyalarni tasavvur qilish juda
qiyin. Raqamli texnalogiyalarda axborot va kodlashning o’rni beqiyosdir.
REFERENCES
[1] Fayziyeva M. R. va boshqalar.Informatika va axborot texnologiyalari: 7-sinf uchun
darslik / Toshkent : Respublika ta’lim markazi, 2021. – 160 b
[2] QOSIMOV.S.S – Axborot texnologiyalari./Toshkent shahri/ Aloqachi nashriyoti
2006 y
[3]
http://dr.rtm.uz
sayti
[4]
https://reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/views/openlesson/download.php/?id=9484