Fanning vazifasi - talabalarga uzluksiz ta’lim tizimida
“O‘lchash usullari va vositalari” bo‘yicha
tayyorlashdan kelib chiqib, bunda standartlashtirish,
metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish
bo‘yicha nazariy, amaliy va me’yoriy hujjatlar
bo‘yicha ma’lumotlar o‘rganiladi. Bu borada asosiy
masala qilib O‘lchashlar birliligini ta’minlash, sifat
masalasiga e’tibor qaratiladi.
1. Asosiiy tushuncha va tariflari.
“Chiziqli va burchakli o‘lchashlari” kursi quyidagi
fanlar bilan bog‘liq: fizika, o‘lchashlarning
fizikaviy asoslari, metrologiya asoslari, elektr
o‘lchash usullari va asboblari, o‘lchash
vositalarni qiyoslash va kalibrlash va h.k.
“Chiziqli va burchakli o‘lchashlar” kursining
masalalariga qarab quyidagi talablarni
o‘rganib va quyidagi yo‘nalishda o‘zlashtirish
lozim:
a) Chiziqli va burchak o‘lchashlarning fan va texnikadagi roli.
b) Asosiy texnika vositalari va usullari bilan tanishish CHBO`.
c) CHBO` da metrologik ta’minot masalalarini o‘rganish.
d) CHBO` kelajakdagi taraqqiyoti bilan tanishish.
2. Chiziqli va burchakli o‘lchashlarning
fan va
texnikadagi roli.
Sanoat rivojlanishi va ilmiy tadqiqotlar uchun CHBO`
keng qo‘llaniladi. Bu mashinasozlik, geodeziya,
gidromelioratsiya, harbiy ishlarda va hakozolarda
qo‘llaniladi. Masalan: mashinasozlikda chiziqli va
burchakli o‘lchovlar juda keng ish diapazonida 10
-10
dan
10
20
m o‘lchashi mumkin. Chiziqli o‘lchovlar va burchak
o‘lchovlar esa 0 – 360
o
va 2π radianda o‘lchashi
mumkin.
Juda kichik qiymatlarni yoki uzunliklarni 10
-10
m va
yupqa plyonkalarning
qalinligini o‘lchashda hamda fizikadagi har xil
zarrachalarni tekshirishda va boshqa
fanlarda ishlatilishi mumkin. Mashinasozlikdagi
detallarning o‘lchamlari, teshiklarni,
buyumlarning qalinligi va boshqalarning tuzilishini
o‘lchaydi.
CHBO` gidromelioratsiyada esa balandliklarni
aniqlashda, kanallarda past balandliklar,
darajadagi aniqlikni o‘lchashda, to‘g‘onlarda va
suv omborlarida ishlatiladi. Chiziqli va burchakli
o‘lchovlarning roli juda yuqori, shuning uchun
uning aniqligi har –xil sohalarda kengaytirish
lozim.
|