137
2. Qurilishning umumiy loyihasi qurilish maydonini tekislash loyihasini tuzishdan
boshlanadi. Unda er osti ishlari, ya`ni kanalizatsiyasi, issiq va suv trubalarini
joylashtirish, elektr va telefon tarmoqlarining asosiy tarmoq
bilan uchrashish erlarini
belgilaydi. Bunday yangi tipdagi loyihada yuqorida keltirilganlardan boshqa, imoratning
plani, fasodi va qirqimlari yanada ayrim elementlarning joylashish chizmalari
ko‘rsatiladi.
Agar 1975- yilda davlat tomonidan qurilgan uylarning uchdan bir bo‘lagidan ko‘prog‘i
yangi tipdagi proektlar asosida bajarilgan bo‘lsa, hozir 60 dan ortiq shunday loyihalar
asosida qurilmoqda. Bu bo‘lsa loyiha va sematalrning narxini bir qancha
arzonlashtirishga bo‘lmalarning shu uyda yashovchi oilaga bir qancha qulay qilib
rejalashtirishga imkon beradi.
Arxitektura qurilish va muhandislik imoratlari loyiha
va smetalarga asoslanib
quriladi. Loyihada quriladigan imoratning chizmalari, tushuntirish xati va smetasi kiradi.
Chizmada bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar smetada bo‘lsa imoratning to‘liq narxi
ko‘rsatiladi. Bundan boshqa, smetada ayrim ishlarning hajmi, qurilish buyumlari va
ularning soni, mutaxassis ishchilar va qurilish mexanizmlar soni ko‘rsatiladi.
Loyiha
hujjatlarini yakka loyiha tashkilotlar va institutlari tuzadi. Loyihalarni tuzishda va
taxlashda turli yozuvlar bajariladi. Bundan boshqa, smetada ayrim ishlarning hajmi,
qurilish mexanizmlarining soni ko‘rsatiladi. Loyiha hujjatlarini yakka loyiha tashkilotlar
va institutlari tuzadi. Bu yozuvlarni yozishda standartlarda ko‘rsatilgan shriftlardan
boshqa, turli arxitektor va promstroyproekt shriftlaridan foydalaniladi.
Ensiz
arxitektor shriftining eni, balandligining ¼…1/8 bo‘lagiga teng bo‘ladi.
Harflarning qalinligi uning balandlagining 1/15… 1/20 bo‘lagiga teng qilib olinadi .
Imoratning baland-pastligi shartli turda nol` deb qabil qilingan yuzaning otmetkasiga
asoslanib olinadi. Nol` otmetka deb imoratning poli yoki tsokoli qabul qilinadi. Shunga
asoslanib pastda joylashgan bo‘lagi minus (-)\, yuqorisida plyus (+)belgisi bilan
ko‘rsatiladi.
Agar standart prokat detallarining o‘lchamlari bir proektsiyada berilsa, uzunliklarida shu
ko‘rinishda berilishi kerak.
Bosh planlarda o‘lchamlar butunlay qo‘yilmaydi. Imorat fasodiga o‘lchamlar faqat uning
kesimiga va uzunligi bo‘yicha qo‘yiladi.
Planlarda bo‘lsa devorning o‘qlari orasidagi masofalar, hamma xonalarning ichki
o‘lchamlari, oyna va eshik o‘rinlarining,
shuningdek, devorlarning o‘lchamlari,
tokchalarning uzunlik va kenglik o‘lchamlari qo‘yiladi.
Qirqimlarda asosan balandlik o‘lchamlari xonalarning, eshik va oyna o‘rinlarining
balandligi,
fundament
chuqurligi,
imorat
qavatlari
orasidagi
temir
beton
konstruktsiyalarining qalinligi va boshqa o‘lchamlar qo‘yiladi.