136
Qavatlar plani. Qavatlar planida xonalaming nomi ko‘rsatiladi.
Bu nomlar xonalar
eksplikasiyasida berilishi mumkin, bu holda chizmada doirachalar ichida xonalar nomeri
qo‘yiladi. Agar xonalarning vazifasi tushuntirish yozuvlarisiz ham tushunarli bo‘lsa,
masalan, turar joy binolari kavatlarning planlarida, u holda xonalar nomi ko‘rsatilmaydi.
Devori g‘ishtdan ishlangan turar joy binosi qavat planining bir qismi keltirilgan. Planda
yuqorida aytib o‘tilgan bo‘luvchi o‘qlar, o‘lcham chiziqlari va o‘lchamlari ko‘rsatilgan.
Bo‘ylama devorda B o‘q bo‘yicha
P harfi bilan belgilangan
(podvaldan) ventilyasiya kanallarining bog‘lanishi berilgan.
Planda xar bu eshikning
qaysi tomonga ochilishi ko‘rsatilgan. Dereza bloklari OZ marka bilan belgilangan.
Qavatlar planida uzuq chiziq 1-1 va 2-2 bilan tegishli qirqimlarning kesuvchi tekisliklari
vaziyatlari ko‘rsatilgan.Seksiyalar planida shuningdek sanuzellar
va oshxona jihozlari
ham ko‘rsatiladi. Ikki xonali kvartira seksiyasi planining bir qismi tasvirlangan. Seksiya
planidan tashqari eshik kesakilari detallari va uzelarining
hamda pardevor planlarining
chizmalari yirik masshtabda chiziladi. Planda doirachalar bilan belgilangan 1 va 2
uzellarining detallari tasvirlangan. Detallar chizmalarida shartli belgilar bilan yog‘och
elementlar, sement qorishma va xonalari qirqimda ko‘rsatilgan.