|
Corel draw dasturi imkoniyatlari bilan tanishish
| bet | 11/12 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #248448 |
Bog'liq kurs ishi yangi (2)
Asosiy menyu satri Corel DRAW ekranining yuqorigi qismida, satr boshi qatorining ostida joylashgan. Bu dasturdagi ekranning xohlagan joyiga qo`yish mumkin bolmagan, ma'lum joyga ega bo`lgan yagona element hisoblanadi. Asosiy menyu 11 punktdan iborat. Bu menyuga foydalanuvchi qo`shimcha maxsus komandalarni ham qo`shishi mumkin.
Agar asosiy menyuning hohlagan bir punktini bossak, undan komandalar ro`yxati ochiladi. Menyudagi komandani tanlash uchun
"sichqoncha"dan yoki shu komandaga mos keluvchi klavishni bosish mumkin. Masalan, Color Management (ranglarni boshqarish) dialog oynasini ochish zarur bo`lsa, Tools (servis) menyusini "sichqoncha" bilan bosib keyin "S" klavishini bosish mumkin. "Sichqoncha"dan tashqari klavishlardan ham foydalanish ishni tezlashtirishga yordam beradi.
-
rasm
Hujjat oynasidagi sistema menyusi belgisi menyu satrining chap burchagida, File (Fayl) komandasidan chaproqda joylashgan. O` hujjat varag`i fonida Corel DRAW (havo shari) emblemasi ko`rinishida turadi.
Sistema menyusi Windows sistemasi oynasini boshqaruvchi standart komandalardan iborat, unda Restore (tiklash), Move (qayta joylashtirish), Size (o`lcham ), Minimize (yopib qo`yish), Maxsimize (ochish), Close (yopish), Next (keyingi) kabi komandalar mavjud.
Corel DRAW asosiy oynasining sistema menyusi Corel DRAW so`zining chap tomondagi havo shari belgisini bosish orqali yoki ALT - PROBEL klavishlarini birgalikda bosish orqali chaqiriladi.
Windows operatsion sistemasida ekranning hohlagan nuqtasida sichqonchaning o`ng tugmasini bosish orqali ba'zi bir harakatlar qilishadi. Bu imkoniyatdan ham Corel DRAW grafik muharririda keng foydalaniladi. O`ng tomondagi tugmani bosish orqali kontekst menyu chaqiriladi.
-
rasm
Bu rasmda Document (hujjat) kontekst menyusi ko`rsatilgan. Biz undagi Create Object (ob'ekt yaratish) komandasini bosish orq`ali grafika panelidagi instrumentlarni tanlash uchun zarur komandalar menyusini ochamiz.
Keyingi rasmda Object (ob'ekt) menyusi tasvirlangan. Bu menyuni ajratilgan ob'ektlar guruhini ustiga borib o`ng tomondagi tugmani bosish
orqali chaqiramiz. Bunday menyulardagi komandalar chaqirilayotgan daqiqalardagi holatga bog`liq bo`lganligi uchun kontekst menyusi deb yuritiladi.
]11-rasm
|
| |