|
CorelDrawning asosiy prinsiplari
|
bet | 2/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 9,7 Kb. | | #238609 |
Bog'liq Mustaqil ishi mavzu CorelDraw dasturining qo’shimcha imkoniytla-fayllar.orgCorelDrawning asosiy prinsiplari
CorelDraw bilan ishni boshlashdan oldin bu dasturning imkoniyatlari bilan
tanishib chiqishingiz lozim. Tepada aytib o’tilgandek, CorelDrawning asosiy
tushunchasi obyekt tushunchasidir. Har qanday illyustratsiyada obyektlar tuzush,
ularni sozlash hamda joylashtirish asosiy ishdir. Avvalam bor tahminiy forma
yasaladi, keyinchalik obyekt qo’shish yoki ayirishdan kerakli formalar yasaladi.
Undan so’ng konturga rang beriladi, to’ldiriladi. CorelDrawning standart obyektlari
ham mavjud, ular orasida murakkablari ham birqanchadir. CorelDrawda matnlar
bilan ishlash matn redaktorlariga teng keladi desa bo’ladi. Bir qancha afzalliklar
matnli hamda rasmli tasvirlar yaratish imkonini beradi. CorelDrawda har xil
tasvirlar, yani clipartlar mavjudligi tufayli foydalanuvchi osonlikcha ulardan
foydalanib, tekstlar bilan bezab, tayyor illyustratsiyalar yaratish mumkin.
CorelDrawning ishlash prinsiplarini yana qayta takrorlasak: Geometrik figuralar
yoki egrilar, ochiq va yopiq shakllar tuzish. Matn kiritish va formatlash. Har qanday
obyektni sozlash, unga tus berish, shaklini o’zgartirish. Tayyor tasvir yoki oldin
yaratilgan illyustratsiya kiritish. Tasviriy effektlar berish. Obyektlarni to’g’ri
joylashtirish.
Ish stolining asosiy elementlari
RASM21
Vector grafik meharririning asosiy elementlari bilan tanishamiz. Har qanday
dastur kabi oynaning tepa qismida sarlovha satri va menyu satri joylashgan. Uning
pastida asosiy uskunalar paneli joylashgan.
RASM2
Oynaning markazida ish varag’i turadigan ishlash oynasi joylashgan. Siz
varaqni ham ichida ham tashqarisida chizishingiz mumkin, lekin nashr paytida
faqatgina varaqdagi narsalar qog’ozga tushadi.
Lineykalar tasvirni joylashish koordinatalarini,
hamda o’lchamlarini aniq ko’rsatib turadi. RASM3
Ranglar bilan ishlash uchun oynaning o’ng
tomonida ranglar palitrasi joylashgan.
Holat satrida obyeklar to’g’risida har
qanday informatsiya ko’rsatiladi.
Asosiy ishlash uchun zarur asboblar uskunalar panelida joylashgan. Bu paneldagi tugmalar tezda ishlashga yordam beradi. Panellarni o’zizga qulay bo’lgan ixtiyoriy joyga joylashtirishingiz mumkin.
Hamda panellarni ko’rsatish yoki yashirishingiz ham mumkin. Buning uchun panel ustiga sichqonchani o’ng tugmasini bosish lozim.
|
| |