|
Cover ict stb indd Pdf ko'rish
|
bet | 21/112 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 38,32 Mb. | | #102461 |
Bog'liq 7-sinf Informatika kitobi Cambridge Page setup parametrlari
hisoblanadi. Sahifani formatlash hujjatni rasmiy ko‘rinishi va axborotni yaxshi taqdim etish
uchun juda muhim hisoblanadi. Hujjat munosib shaklda aks etishi uchun foydalaniladigan qator
formatlash buyruqlari mavjud.
“Orientation” buyrug‘i
Sahifa formatini o‘zgartirishni amalga oshishda foydalaniladigan buyruqlardan biri bu
orientation buyrug‘i bo‘lib, u yordamida to‘liq hujjat yoki biror sahifaning holatini o‘zgartirish
mumkin.
Orientationning oddiy maʼnosi sahifaning koʻrinish holati o‘zgarishidir. Sahifa
ko‘rinishining ikki usuli mavjud: kitob sahifasi va albom sahifasi.
Kitob sahifasi holati bu sahifaning ekranda odatiy aks etuvchi holatidir. Bunda sahifaning uzun
ikki tomoni chap va oʻng tomonlar hisoblanadi.
Albom sahifasi holatida sahifa qarama-qarshi yoʻnalishida koʻrinadi, yaʼni sahifaning eng uzun ikki
tomoni yuqori va pastki tomonlarga oʻtadi.
Hujjat yoki bitta sahifa holatini kitob sahifasi holatidan albom sahifasi holatiga oʻzgartishingiz
mumkin. Bu elementlarning sahifaga oson joylashishida yordam beradi.
Agar sizda katta tasvir va u bilan yonma-yon joylanishi kerak boʻlgan matn boʻlsa, albom
sahifasi holatidan foydalanish siz uchun juda qulay boʻladi. Shuningdek, koʻplab ustunlarga ega
maʼlumotlar jadvalini kiritayotganingizda ham u juda qulay boʻlishi mumkin.
Butun hujjatning sahifa holatini oʻzgartirish uchun quyidagilarni bajaring:
1
Layout
menyu oynasidan
Orientation
buyrug‘ini tanlang. Bu sizga “portrait” yoki
“landscape” holatidan foydalanish imkonini beradi.
2 Hujjatingiz uchun qaysi holatdan foydalanishni tanlang.
Page setup: bu
sahifa qanday
koʻrinishini bildiradi.
U sahifa holati
sozlamalarini qamrab
oladi.
Orientation: sahifa
aks etuvchi yoʻnalish.
Bu kitob yoki albom
shaklida boʻlishi
mumkin.
|
| |