23
1
Matnli hujjatdan maqsadli foydalanish
Matnni eni bo‘ylab
tekislash (Justify):
sahifaning chap
va oʻng chekkalari
orasida
teng ravishda
joylashtirilgan matn.
Kalit so‘z
7.1-mashg‘ulot
Oʻqituvchingiz taqdim etgan “School_News_Article.docx” hujjatini oching. Maqoladagi
matnni uchta ustunga ajrating va ustunlardagi matnni eni bo‘ylab tekislang.
Shunda ustunlar menyusi paydo boʻladi va bu sizga matnni nechta
ustunga ajratishni tanlash
imkonini beradi. Keyin ajratmoqchi boʻlgan ustunlaringiz sonini tanlashingiz kerak.
Endi matningiz siz tanlagan raqamdagi ustunlar soniga boʻlinganini koʻrishingiz mumkin.
Ustunlar yanada tartibli koʻrinishi uchun ularga qoʻshimcha formatlash sozlamalarini qoʻshishingiz
ham mumkin. Agar har bir ustunning oʻng chetiga qarasangiz, matnning
har qatori turli joyda
yakunlanganini sezasiz. Ularning hammasi ham ustunning chap tomonidagi
kabi bir tekis chiziqda aks etmaydi. Ustunning oʻng tomonini ham tekislash uchun qoʻshimcha
formatlash sozlamasidan foydalanishingiz mumkin! Bu “matnni tekislash” deb ataladi.
Matnni tekislash uchun quyidagilarni bajarasiz:
1. Kerakli matnni belgilang.
2.
Home
menyu
oynasida joylashgan
Paragraph
bo‘limidan
Justify
buyrug‘i tanlanadi.
Endi matn oʻng tomondan ham bir chiziq bo‘ylab tekislanganini koʻrishingiz mumkin. Bu formatlash
uslubi oʻng tomonda bir tekis chiziq hosil qilish uchun matn orasiga boʻshliqlar qoʻyadi.
24
Sahifani formatlash buyruqlaridan foydalanish
Yangi hujjat yaratishdagi muhim
xususiyatlardan biri uning