Mavzu: Tarmoq xavfsizligi muammolari




Download 352,51 Kb.
Sana12.02.2024
Hajmi352,51 Kb.
#155213
Bog'liq
header va footer


Mavzu: Hujjatga Header va Footer maydonlarini qoʻshish
Reja:
1.Header va Footer haqida umumiy ma’lumot
2.MS Word dasturida header va footer dan foydalanish
3.MS Exel da header va footer dan foydalanish
Header va Footer maydonlari hujjatdagi ma’lumotlarga bevosita aloqador boʻlmagan, biroq muhim hisoblangan muallif ismi, nashr sanasi, sahifa raqami, ustlavha kabi ma’lumotlarni aks ettirish uchun as qotadi. Header va footer maydonlarida ma’lumotlar xira matn koʻrinishida paydo boʻlib, sahifaning yuqorisida (header) va/yoki pastida (footer) joylashadi. Header va footer maydonlari avtomatik ma’lumotni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Bu esa kerakli ma’lumotni bir marta koʻrsatish yetarli deganidir. Masalan, sahifa raqamlari yangi sahifa boshlanganda avtomatik yangilanadi va kiritiladi. Qolgan foydali jihatlari shundaki, har bitta sahifaga ismingiz yoki ustlavhani kiritishingizga hojat yoʻq, ularni faqat birinchi sahifaga kiritsangiz, hujjatning qolgan sahifalariga avtomatik toʻldiriladi. Header va Footer maydonlaridan elektron jadval dasturida foydalanish Elektron jadvalning ustki va pastki kolontitulni kiritishga xizmat qiluvchi interfeysi standart Office toʻplamidagi dasturdan biroz farq qiladi
Header: hujjatning yuqori qismidagi maydon
Footer: hujjatning quyi qismidagi maydon.
Hujjat haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni aks ettirish uchun sahifaga Headers va Footers maydonlari qoʻshiladi. Header hujjatning yuqori, Footer esa pastki qismiga qoʻshiladi. Ular qoʻshilgach, hujjatning har bir sahifasida koʻrinadi. Header maydoni hujjatning nomi hamda muallif ismini kiritishda qoʻllanadi. Ayrim hollarda hujjat versiyasi ham shu maydonga joylanadi. Masalan, “Yakuniy loyiha”. Footer maydoni sana va hujjatning sahifa raqami kabi ma’lumotlarni ifodalash uchun qulaydir. Oddiy matnli header qoʻshish:
1. Insert menyusidagi Header buyrug‘i tanlanadi.
2. Header uchun variantlar roʻyxati aks etgan menyu ochiladi.
3. Quyidagi variant tanlanadi: Blank.
Header maydoniga ma’lumotni ikki usulda kiritish mumkin:
1. Maydondagi [Type here] yozuvi oʻrniga ma’lumotni kiritish orqali.
2. Shuningdek, maxsus ma’lumotlarni quyida bayon qilingan amallarni bajarish orqali.
Footer maydoniga matn kiritish:
1. Insert menyusi ochiladi.
2. Footer buyrug‘i tanlanadi.
3. Xuddi Header kabi variantlar roʻyxati ochiladi.
4. Blank varianti tanlanadi.
MS Word dasturida header va footer dan foydalanish 

Sahifaning yuqori qismida nuqtali chiziq bilan ajratilgan va ustiga Header deb yozilgan maydon hosil boʻladi.


Headerga hujjat haqidagi maxsus axborotlarni kiritish
1. Document Info ikonkasi tanlanadi.
2. Maxsus menyu ochiladi.
3. Author variantida, Header maydoniga muallif ismi avtomatik tarzda joylanadi.
Hujjatning sahifa raqamini kiritish
1. Header Footer Tools menyusidan Design boʻlimi tanlanadi.
2. Page Number kichik menyusi bosilsa, variantlar roʻyxati ochiladi.
3. Bottom of page varianti belgilanadi.
4. Sahifa raqamini Footerning qaysi qismiga joylash tanlanadi. Footerga sahifa raqami qoʻshiladi.
Elektron jadval dasturidagi header maydonining interfeysi.
Xulosa :
● Professional standartlarga mos keluvchi hujjatni yaratish uchun avval uning loyihasini ishlab chiqish muhim hisoblanadi.
● Turli dasturlarda matn va raqamli ma’lumotlarni kiritish uchun bir-biridan ozgina farqlanuvchi usullar qo‘llanadi.
● Matnni nusxalash va nusxasini joylashtirish hamda koʻchirish amali orasidagi farq shundaki, nusxalash va joylashtirish amalida matn nusxalanib, boshqa maydonga joylashtirilgandan keyin ham oʻz oʻrnida qolaveradi, ammo matnni koʻchirish amalida matn bir joydan boshqa joyga koʻchirilgach, avvalgi oʻrnida ortiq qolmaydi.
● Hujjatlarga obyektlarni joylashtirish, undagi maketning barqarorligini yaxshilaydi, toʻgʻri obyektni ishlatish va kerakli maydonga joylashtirish uchun maqbul stillardan foydalanish, shubhasiz, auditoriyaga salmoqli taʼsir oʻtkazishga yordam beradi.
● Aksariyat dasturlarda formatlash usullari deyarli bir xil.
● Header va footer maydonlaridan foydalanish orqali hujjatdagi ma’lumotlarga aloqador boʻlmagan, biroq namoyish uchun muhim ma’lumotlarni kiritish mumkin.
Download 352,51 Kb.




Download 352,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tarmoq xavfsizligi muammolari

Download 352,51 Kb.