129
4
Ma’lumotlar bazasidan
maqsadli foydalanish
Soʻ rov: muayyan
maʼlumotlarni
qidirish imkonini
beruvchi vosita.
Kalit so‘z
3-masala
Soʻrov yaratish
So‘rov siz ko‘rmoqchi bo‘lgan yoki foydalanmoqchi bo‘lgan ma’lumotni
ajratib olish imkoniyatini
beradi. Masalan, siz 18+ yoshdagi barcha insonlarni qidirishingiz mumkin. Bu sizga kerak
boʻlmagan maʼlumotlar orasidan qidirish shart emasini anglatadi.
Yangi soʻrov yaratish
1.
Create
menyu oynasini oching.
2.
Query Design
tugmasini tanlang.
3. Jadval nomining ustiga bosing.
4.
Add
tugmasini bosing.
5. Close tugmasini bosing.
6. Aks ettirish kerak bo‘lgan maydon nomiga ikki marta bosing.
130
Bu soʻrov uchun sizga
hech
qanday mezon
kerak emas.
Maslahat
100 dan katta sharti
>100 kabi yoziladi.
Maslahat
7. Criteria qatoridagi maydon uchun tanlab olish shartini yozing.
Masalan, bu yerda shart sifatida
Yoshi faqatgina 18+ boʻlgan yozuvlarni namoyish etishdir.
Agar bu matn boʻlsa, uni qoʻshtirnoq orasiga joylash kerak. Masalan “18+”.
Access dasturi
qoʻshtirnoq belgilarini avtomatik tarzda joylaydi.
8. Natijalarni koʻrish uchun
Run tugmasini bosing.
4-mashg‘ulot
Musobaqadagi barcha ishtirokchilar qatnashgan oʻyin nomini topish uchun soʻrov yarating.
5-mashg‘ulot
18+ yosh guruhiga kiruvchi barcha oʻyinchilarni topish uchun soʻrov yarating.
6-mashg‘ulot
100 balldan koʻproq ball jamlagan barcha oʻyinchilarni topish uchun soʻrov yarating.