101
4
Ma’lumotlar bazasiga
qayta ishlov berish
Qidiruvlarda < va > belgilaridan foydalanish
Maʼlumot turi raqam boʻlgan maydonlardagi soʻrovlarda < va >
belgilaridan
shart yaratishda foydalanish mumkin.
Ular matematikada
qanday amal bajarsa, bu yerda ham xuddi shunday.
< dan kichik degani.
> dan katta degani.
7.1-mashgʻulot
10 < 20 bu rost, chunki 10 raqami 20 dan kichik.
15 < 10 bu yolgʻon, chunki 15 raqami 10 dan kichik emas.
3 < 3 bu yolgʻon, chunki 3 raqami 3 dan kichik emas, u 3 bilan bir xil.
Daftaringizda quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
a 9 < 10?
b 100 < 200?
c 29 < 22?
d 55 < 55?
7.2-mashgʻulot
40 > 30 bu rost, chunki 40 raqami 30 dan katta.
101 > 100 bu rost, chunki 101 raqami 100 dan katta.
5 > 5 bu yolgʻon, chunki 5 raqami 5
dan katta emas, u 5 bilan bir xil.
Daftaringizda quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
a 66 > 3?
b 999 > 3?
7-amaliy koʻnikma