11 1 Hujjatga qayta ishlov berish
Shrift oʻlchami
Ochiladigan menyudan boshqa shrift o‘lchamini tanlash mumkin. Shriftning
o‘lchov birligi pt (point) deb nomlanadi va aksariyat hollarda 10 pt o‘lchamda
yoziladi.
Matn kiritishni boshlasangiz, matn o‘lchami kattalashganini yoki kichrayganini
koʻrasiz.
Shrift rangi
Ochiladigan menyudan boshqa shrift rangini tanlash mumkin.
Matn kiritishni boshlaganingizda matnning rangi o‘zgarganini ko‘rsangiz bo‘ladi.
12 Hujjatda ikkitadan
ortiq turdagi
shrift ishlatmagan
ma’qul, chunki u
hujjatni tartibsiz
koʻrinishga
keltirishi
va oʻqishni
qiyinlashtirishi
mumkin.
Maslahat Mavjud matn
Avvaldan kiritilgan matnning shrift turini, oʻlchamini va rangini ushbu matnni
belgilab, keyin ochiladigan menyudan shrift turini, oʻlchamini yoki rangini
tanlash orqali oʻzgartira olasiz.
Hujjatdagi sarlavha shriftini, oʻlchamini va rangini boshqa matndan ajralib
turishi uchun oʻzgartirishingiz mumkin.
Ayrim hollarda muayyan matnni boshqa matnlarga qaraganda koʻproq koʻzga
tashlanadigan qilsangiz bo‘ladi.
Matnni ajratib koʻrsatish uchun shrift turini tanlash yoki matnni
qalin, tagiga
chizilgan yoki qiya qilib qoʻyish mumkin.
Qalin
Ko‘rinishini qalinga o‘zgartirmoqchi boʻlgan matn belgilanadi, soʻngra
Bold tugmasi bosiladi.
Agar matn qalin boʻlishini istamasangiz, yana bir bor
Bold tugmasini bosish
mumkin, shunda u qalin ko‘rinishni matndan olib tashlaydi.
13 1 Hujjatga qayta ishlov berish
Tagiga chizilgan va qiya
Matnni tagiga chizilgan yoki qiya qilish uchun