• Maqola
  • Yakuniy loyiha - Sogʻlom tanda, sogʻ aql!




    Download 8,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/148
    Sana20.12.2023
    Hajmi8,09 Mb.
    #125381
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   148
    Bog'liq
    6-sinf

    Yakuniy loyiha - Sogʻlom tanda, sogʻ aql!
    Oʻqituvchingiz maktabdagi barcha oʻquvchilar va ularning ota-onalari hamda 
    vasiylari sogʻlom ovqatlanishlariga ishonch hosil qilishni xohlaydi. Ular sogʻlom 
    ovqatlanish nimani anglatishini tasvirlaydigan 
    maqola yozishingizni xohlashadi. 
    Siz maqolangizni ikki xil auditoriya uchun tayyorlashingiz kerak boʻladi. Bular: 

    maktabingizdagi oʻquvchilar;

    maktab oʻquvchilarining ota-onalari va vasiylari.
    Siz maqolani berilgan har bir auditoriyaga moslashtirishingiz va oʻqituvchingizga 
    ikkala versiyasini ham berishingiz kerak boʻladi.
    Siz qoʻshmoqchi boʻlgan kontentni oʻrganish uchun boshqa oʻquvchilar bilan 
    ishlaysiz. Sizning muharrir sifatida vazifangiz har bir auditoriyaga mos keladigan 
    ma’lumotlarni olish va tahrirlashdir. Bu soʻzlarni qayta ishlash qobiliyatingiz 
    naqadar mukammal ekanini koʻrsatish uchun imkoniyatdir!
    Maqola: jurnal 
    yoki gazetada 
    yozilgan matn.
    Kalit soʻz


    26
    1-mashg‘ulot
    Sogʻlom ovqatlanish haqidagi maqolaga mos ma’lumotlarni oʻrganish uchun 
    sherik toping. Avval ota-onalar va vasiylar uchun mos mazmunni tanlang (matn va 
    rasmlar).
    Oʻzingiz topgan tadqiqot natijalarini sinfingizdagi boshqa juftlik bilan baham 
    koʻring. Toʻplangan barcha kontentni bitta hujjat sifatida saqlang.
    2-mashg‘ulot
    Oʻzingiz toʻplagan kontentga qarang va uni tahrirlab, ota-onalar va vasiylarga 
    berish uchun maqola yarating.
    Maqola auditoriyangizga mos boʻlishi uchun matnni va rasmlarni diqqat bilan 
    tanlang. Hujjatning jozibali, ammo ayni paytda rasmiy koʻrinishga ega ekaniga 
    ishonch hosil qiling.
    3-mashg‘ulot
    Oʻzingiz toʻplagan kontentni koʻrib chiqing va uni tahrir qilib, boshqa oʻquvchilarga 
    berish uchun maqola yarating. Hujjat oʻqish uchun qiziqarli koʻrinishga ega, lekin 
    tartibsiz yoki zich emasligiga ishonch hosil qiling.
    Matnni va tasvirlarni diqqat bilan tanlang. Foydalangan so‘zlaringiz auditoriya 
    uchun mosligiga va tasvirlarning jozibali hamda e’tiborni tortadigan ekaniga 
    ishonch hosil qiling.
    4-mashg‘ulot
    Ikkala maqolangizni sherigingiz bilan almashtiring. Endi sinfdagi boshqa 
    oʻquvchidan ikkita maqola olishingiz kerak. Sizga berilgan maqolalarning xatolarini 
    tuzating va ularni yozgan oʻquvchiga topgan xatolaringiz haqida aytib bering. 

    Download 8,09 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   148




    Download 8,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yakuniy loyiha - Sogʻlom tanda, sogʻ aql!

    Download 8,09 Mb.
    Pdf ko'rish