29
2
Tasvirga qayta ishlov berish
Boshlashdan avval
Siz quyidagilarni bajara olishingiz kerak:
• sichqonchadan foydalana olish,
shu jumladan, chap va oʻng tugmalarni bosish;
• tegishli fayl nomi bilan tasvirni qayta saqlash;
• chiziq chizish;
• kvadrat yoki doira kabi oddiy shaklni chizish;
• turli xil moʻyqalam uskunalaridan foydalanish;
• shaklni bo‘yash;
• tasvirning hammasini yoki bir qismini belgilab olish;
• tasvirni nusxalash va kerakli joyga joylashtirish.
Kirish
San’at asarlari va tasvirlarni
yaratish hamda ularni
tahrirlashda kompyuterlardan
foydalanish qiziqarli va ijodiy qobiliyatlardan hisoblanadi.
Raqamli san’at asarlari va tasvirlarni yaratish uchun kompyuterlardan 50 yildan
ortiq vaqt davomida foydalanib kelinmoqda.
Zamonaviy raqamli san’at asarlari juda murakkab boʻladi va tasvirlarni
yaratish
uchun katta mahorat talab etadi. Keyingi sahifadagi
ajoyib raqamli tasvirga
qarang. Garchi siz bu modulda ancha sodda narsalarni yaratishni oʻrgansangiz
ham, keyinchalik katta sinflarda o‘qish davomida, shunday tasvirlarni yaratishingiz
mumkin. Hamma ham nimadandir boshlashi kerak!
Bu modulda siz tasvir yaratish va tahrirlash uchun
Microsoft Paint dasturidan
foydalanasiz. Microsoft Paint – foydalanish uchun sodda dasturiy ta’minot
bo‘lib, u juda ko’p turli xil vositalarga ega, bu sizga tasvirlar bilan ishlashda
juda kreativ va ijodkor boʻlishga imkon beradi (Oʻqituvchingiz
dasturni maktab
kompyuterining qayeridan topish hamda yangi faylni qanday yaratishni koʻrsatib
beradi).
Microsoft Paint
ba’zi professional
rassomlar
tomonidan
tasvirlar yaratish
uchun ishlatiladi.
Agar Microsoft
Paint yordamida
yaratilgan
tasvirlarni
qidirsangiz,
ulardan ba’zilarini
internetdan topish
mumkin.