28
Bu modulda quyidagilarni oʻrganasiz:
1
Shtamp uskunasi kabi nusxa koʻchirish uskunalaridan foydalangan holda
takroriy naqshlarni yaratish
2
Turli xil uskunalar va effektlardan foydalangan holda tasvirlar yaratish
3
Tasvirning kerakli qismlarini tanlash, nusxa olish va uning oʻlchamlarini
oʻzgartirish
4
Tasvir dizaynining shakllanish bosqichini koʻrsatuvchi qoralamalarni
saqlash
Bu modulda barcha uchun sevimli kitobingiz haqida hikoya qiluvchi qiziqarli
tasvirni hosil qilish mavzusidagi yakuniy loyihangizni bajarishga yordam beradigan
koʻnikmalarni rivojlantirasiz.
Kitoblar qiziqarli, koʻngilochar, ajoyib va juda ma’lumotga boy boʻlishi mumkin.
Siz oʻrganadigan ba’zi yangi koʻnikmalar orqali ijodingizni kitob tasvirini hosil
qilish orqali namoyish etishingiz mumkin. Ushbu koʻnikmalar sizga tasvirni burish,
aylantirish va oʻlchamlarini oʻzgartirish orqali tahrirlashga yordam beradi.
Moʻyqalam uskunasini ishlatish, shuningdek, juda koʻp turli xil uskunalar va
effektlardan foydalangan holda tasvir yaratish mumkinligini koʻrsatadi. Shu
bilan birga, tasvirlarni yaratishda versiya nazorati va undan nima maqsadda
foydalanishni bilib olasiz.
Shuningdek, quyidagilarni bilib olasiz: