21
1
Hujjatga qayta ishlov berish
Tasvirlarni tahrirlash
Hujjatga qanday qilib rasm qo‘shishni bilib oldingiz. Endi bu rasmni biroz
boshqacha koʻrinishga keltirish uchun bir-ikkita usulda tahrirlashni oʻrganasiz.
Hoshiya qoʻshish
Tasvirni koʻproq ajratib koʻrsatish uchun unga hoshiya qoʻshish mumkin.
Rasmga hoshiya qoʻshish uchun avval sichqoncha koʻrsatkichini uning ustiga
olib borish va sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali rasmni tanlash
kerak.
Tasvirni tanlaganingizda
Format
menyusi paydo boʻlganini koʻrasiz.
Format
menyusidan
Picture Border
tugmasini topishingiz mumkin.
Picture