19
1
Hujjatga qayta
ishlov berish
Katta kishi matn rasmiyroq boʻlishini istaydi, shunda odamlar uni jiddiy qabul
qilishadi, ayniqsa, jiddiy mavzu boʻlsa.
Rasmlar ham matnning mazmuniga mos kelishi kerak. Masalan,
agar matn
rasmiy, lekin rasmlar kulgili boʻlsa, hujjat gʻalati koʻrinadi. Shunday qilib,
tanlagan rasmlaringiz va ular matnga mos keladimi-yo‘qmi, yaxshilab oʻylab
koʻrishingiz kerak.
Tuzilishi ham muhim boʻlishi mumkin. Agar norasmiy koʻrinishni
xohlasangiz,
hujjatdagi rasmlarni juda katta qilib, ularni qiziqarli
tarzda joylashtirish
mumkin. Agar hujjatni rasmiyroq qilishni xohlasangiz,
kamroq rasmlarni tanlab,
ularni kichikroq qilish mumkin.
Hujjatni rasmiy koʻrinishga keltirish u zerikarli koʻrinishga ega bo‘lishi kerak,
degani emas.
U shunchaki oddiy koʻrinishi va oʻqilishi mumkin boʻlgan shrift hamda uslubga
ega boʻlishi kerak.
Mazmun yoki tahrir qilish toʻgʻrisida qaror qabul
qilayotganingizda doim
oʻzingizdan soʻrashingiz kerak boʻlgan savol, bu – “Auditoriyam nimani
xohlagan boʻlardi?”
5.1-mashg‘ulot
Oʻqituvchi tomonidan berilgan “Healthy_Eating_Letter.docx” hujjatini oching.
Bu hujjatning mazmuni va uslubi juda chalkash berilgan.
U maktabdan ota-
onalar va vasiylarga, ular tashrif buyurishi mumkin boʻlgan ma’lumot oqshomi
toʻgʻrisida rasmiy maktub boʻlishi kerak.
Hujjatga diqqat bilan qarang va auditoriya haqida yaxshilab oʻylab ko‘ring
Hujjatdagi auditoriya uchun to‘g‘ri kelmaydigan narsani doʻstingiz
bilan
muhokama qiling.
Hujjatni auditoriya uchun yanada qulayroq qilib tahrirlang.
5.2-mashg‘ulot
Hujjatga kiritilgan oʻzgarishlar haqida bir paragraf matn yozing. Nega hujjat
endi auditoriya uchun koʻproq mos kelishini tushuntiring.
Professional
boʻlmagan hujjat
juda
zich yoki
tartibsiz koʻrinishi
mumkin. Bu
juda koʻp shrift
turlari, oʻlchamlari
va
ranglari
ishlatilganligiga
bogʻliq.