43
2
Tasvirga qayta
ishlov berish
1-mashg‘ulot
Sohil tasviri uchun fon yarating.
Qum, dengiz va osmonni yaratish uchun moʻyqalam vositalaridan foydalaning.
Bu tasvirni “Beach_v1.png” nomi bilan saqlang.
2-mashg‘ulot
Oʻqituvchingiz foydalanish uchun ba’zi grafik fayllarni sizga taqdim etadi.
“Beachball.jpg” tasvirini sohil tasviriga import qiling.
Sohil koptogi sohilingizga
mos kelishi uchun uning oʻlchamini oʻzgartiring. Siz
tasvirning katta qismini
egallagan katta o‘lchamdagi sohil koptogi tasvirini joylashtirishni xohlamaysiz!
Bu tasvirni “Beach_v2.png” sifatida saqlang.
3-mashg‘ulot
“BeachUmbrella.jpg” tasvirini sohil tasviriga import qiling. “BeachUmbrella.
jpg” faylining ikkinchi nusxasini sohil tasviriga import qiling.
Har bir soyabonni tanlang va ularni tasvirning ikki tomoniga qoʻying.
Soyabonlar orasidagi moʻyqalam vositalari bilan qum qal’asini chizing.
Bu tasvirni “Beach_v3.png” sifatida saqlang.
4-mashg‘ulot
Tasvirning “Beach_v2.png” versiyasini oching. Dengizga qayiqni joylang.
Bu tasvirni “Beach_v4.png” sifatida saqlang.
5-mashg‘ulot
“Beach_v3.png” yoki “Beach_v4.png” tasvirlaridan sizga ko‘proq
yoqqanini
tanlang va shu faylni oching. Sohil tasvirini moʻyqalam
vositalaridan
foydalanib, oʻzingiz xohlagan boshqa elementlarni qoʻshib yakunlang.