41
2
Tasvirga qayta ishlov berish
Agar qiymatni kattaroq kiritsangiz tasvir kattaroq koʻrinadi, masalan, 150%.
Agar raqamni kichiklashtirsangiz, tasvir kichikroq koʻrinadi, masalan, 50%.
Oʻlchamni oʻzgartirish strelkalaridan foydalanish
Oʻlchamni oʻzgartirish oʻqlari yordamida tasvirning oʻlchamini oʻzgartirish
uchun avval oʻlchamini oʻzgartirmoqchi boʻlgan tasvir qismini belgilab oling.
Keyin kursorni tasvirning biror-bir burchagiga olib boring, shunda kursor
ko‘rinishi
shu kabi ko‘rinishga oʻzgarganini koʻrasiz. Strelkalarni koʻrsangiz,
sichqonchaning chap tugmasini bosing va ushlab turing.
Keyin tasvirni kattaroq yoki kichikroq qilish uchun kursorni siljitish mumkin.
Kursorni kichraytirish uchun uni tasvir tomon yoʻnaltirasiz va kattalashtirish
uchun tasvirdan uzoqlashtirasiz.
3.1-mashg‘ulot
Oʻqituvchi tomonidan berilgan “Bear.jpg” tasvirini import qiling. Tasvir hajmini
85 foizga oʻzgartirish uchun
Resize uskunasidan foydalaning.
3.2-mashg‘ulot
Ikkinchi “Bear.jpg” tasvirini import qiling. Tasvir o‘lchamini kichraytirish uchun
uchun strelkalardan foydalaning.
3.3-mashg‘ulot
“Bear.jpg” tasvirini yana uch marta import qiling.
Resize uskunasi yoki strelkalar yordamida har bir ayiqni har xil oʻlchamga
keltiring. Ayiqlarni eng kattadan eng kichikkacha qarab tartib bilan
joylashtiring.