171
6
Internetda ishlashni oʻrganish
7-amaliy koʻnikma
URL manzilni saqlash
Nusxalash
Veb-sahifa URL manzilini nusxalash deganda, URL manzilni nusxalash, uni
biror hujjatga joylash, hujjatni saqlash va keyinchalik hujjatdan foydalanish
mumkinligini anglatadi.
Veb-sahifa URL manzilini nusxalash uchun manzil panelidagi veb-sahifa manzili
belgilanadi.
URL manzilni belgilagach, uni nusxalash mumkin.
URL manzilni nusxalash uchun sichqonchaning oʻng tugmasi bosiladi va
ekranda menyu paydo boʻladi.
Menyuda
Copy buyrugʻi tanlanadi. Sahifaning URL manzilini nusxasi hosil
qilinadi
Nusxalangan URL manzilni hujjatga joylash uchun hujjatdagi boʻsh joyga
sichqonchaning oʻng tugmasi bosiladi.
Menyu paydo boʻladi, menyudagi
Paste buyrug‘i tanlanadi.
Drag and drop usuli
URL manzilni saqlashda
Drag and drop usulidan ham foydalanish mumkin.
Natijada papkada URL manzilning nusxasi yaratiladi. Bu hujjat ichiga nusxalash
va joylashdan koʻra tezroqdir. Lekin hamma brauzerlar ham bu ishni bajarishga
imkon beravermaydi va veb-sahifa bilan papka bir vaqtning oʻzida ochiq
boʻlishi talab qilinadi.
Manzilni belgilash
uchun kursorni
veb-sahifa manzili
oxiriga keltirib,
sichqonchaning
chap tugmasini
bosish kerak.
Kursorni veb-
sahifa manzili
boshiga
tortish orqali
belgilanganini
koʻrasiz (odatda,
koʻk rangda
koʻrinadi).
Yoki manzil
ustiga, manzil
panelining biror
yeriga bir marta
bosish orqali ham
manzilni belgilash
mumkin.