Tasvirni qirqish va oʻlchamini oʻzgartirish




Download 5,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/112
Sana19.01.2024
Hajmi5,09 Mb.
#140808
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
Bog'liq
Informatika Cabridge 7 uzb 2022

12
Tasvirni qirqish va oʻlchamini oʻzgartirish
Siz tasvirning ma’lum bir qismidangina foydalanishingiz kerak boʻlib qolishi mumkin. Tasvirning 
sizga kerak bo‘lmagan qismini qirqib olib tashlash uchun 
crop buyrug‘idan foydalaniladi.
Shuningdek, siz foydalanmoqchi boʻlgan tasvir oʻlchami sizga toʻgʻri kelmasligi mumkin. 
Bunday hollarda tasvir 
o‘lchamini kerakli ravishda o‘zgartirishingiz mumkin. Ushbu jarayonni 
tasvirning 
tomonlar nisbatini o‘zgartirmagan holda to‘g‘ri amalga oshirayotganingizga e’tibor 
qiling.
Tasvirni keraksiz qismini qirqish uchun ushbu tasvirni tanlasangiz, 
Format
menyu oynasi paydo 
bo‘ladi. 
Format
menyu oynasidan 
Crop
buyrug‘ini tanlang. Shunda tasvirning burchaklari va 
yonlarida qalin qora chiziqlar paydo bo‘ladi.
Kursorni ushbu chetki hoshiya chiziqlaridan biriga joylang va sichqoncha tugmachasini bosib, 
ushlab turing. Endi uni qirqish uchun kursorni tasvir boʻylab siljitish mumkin. Tasvirning qaysi 
qismi oʻchirilishini koʻrishingiz mumkin. Chunki tasvirning bu qismi to‘q rang bilan belgilangan 
bo‘ladi.
Tasvirning oʻlchamini oʻzgartirish uchun avval uni tanlang. Tasvirning burchaklari va yonlarida nuqta 
paydo boʻlganini koʻrasiz. Kursorni nuqtalardan biriga joylashtiring, soʻng sichqoncha tugmachasini 
bosib, ushlab siljiting. Endi tasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish uchun kursorni tasvir tomonga 
yaqinlashtirishingiz yoki uzoqlashtirishingiz mumkin.
Tasvir tomonlarining nisbatini saqlab qolish uchun tasvirning oʻlchamini oʻzgartirishda tasvirning 
yon tomonidagi nuqtalardan emas, balki burchakdagi nuqtalardan birini ishlatganingizga ishonch 
hosil qiling. Agar siz tasvirning nisbatlarini saqlamasangiz, uning sifati pasayadi va xunuk koʻrinadi.
Crop: tasvirning bir 
qismini olib tashlash.

Download 5,09 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Download 5,09 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tasvirni qirqish va oʻlchamini oʻzgartirish

Download 5,09 Mb.
Pdf ko'rish