8
Menyu oynasi: har
bir menyuga oid
buyruqlar joylashgan
oyna.
Oyna: tugmani
bosganingizda
ochiladigan koʻrish
maydoni. Bu turli
variantlarni namoyish
qilish uchun
ishlatilishi mumkin
maydon.
Kalit so‘zlar
Agar siz tanlagan
nom bilan matn
uslubi allaqachon
mavjud boʻlsa, sizga
bu haqda xabar
beradigan oyna
paydo boʻladi. Bunda
siz boshqa mos
nomni tanlashingiz
kerak.
Maslahat
Matn uchun yangi uslubni yaratish quyidagicha amalga oshiriladi:
1.
Home
menyusini tanlang va
Styles bo‘limining oxirida joylashgan strelkani bosing.
2. Create a Style tugmasini bosing. Bunda o‘zingiz yaratmoqchi bo‘lgan format sozlamalarini
kiritish uchun
oyna ochiladi.
3. Name maydoniga yaratayotgan matn uslubi uchun nom kiriting.
4. Hujjatingizda uslub va uning maqsadini osongina tanib olishga imkon beradigan mos nomni
tanlang. Masalan, siz uslubingizni “Mening_sarlavham” deb nomlashingiz mumkin. Shunda
uni hujjatingiz uchun yangi sarlavha yaratganingizda osongina topishingiz va foydalanishingiz
mumkin. Matn uslubi uchun nom yozganingizda