|
Slaydga oʻtish effektlarini qoʻshishBog'liq Informatika Cabridge 7 uzb 202240
Slaydga oʻtish effektlarini qoʻshish
Slayd oʻtish effekti – bir slayddan boshqasiga oʻtishda yordam beradigan animatsiya turi.
Slayd o‘tish effektlari taqdimotni yanada qiziqarli bo‘lishiga va
auditoriya e’tiborini jalb
qilishga yordam beradi. Auditoriya kontentni tushunishi va uni to‘liq anglab olishini istasangiz,
auditoriyani qiziqtirish juda muhimdir.
Esingizda bo‘lsin, juda ko‘p turli o‘tish effektlari auditoriyani chalg‘itishi mumkin. Buning uchun
faqat bitta yoki ikki xil effektni tanlash samaralidir. Auditoriyangizni uzoq kuttirib qoʻymaslik
uchun slaydni o‘tish effektlarini almashtirish vaqtlarini sozlaganingizga ishonch hosil qiling.
Slaydlarning juda tez o‘tishi ham auditoriya uchun qiyinlik qilishi mumkin. Chunki ular kontentni
berilgan vaqt ichida oʻqiy olishga ulgurmay qoladi.
Slaydga oʻtish effektini qoʻshsangiz, u slaydning boshiga qoʻshiladi. Shuning uchun slayd chiqishi
bilan oʻtish ishga tushadi. Siz kerakli slaydni tanlashingiz hamda
Transitions
menyu oynasi
orqali kerakli slaydga o‘tish effektini qo‘shishingiz mumkin.
Shuningdek, slayd o‘tish bo‘limi “Transitions to This Slide”ning oxiridagi kichik belgini bosish
orqali slayd o‘tish effektlarining to‘liq namunalari ro‘yxatini ko‘rishingiz mumkin.
Doʻstingiz fotosuratda mavjudligi tufayli bu tasvir sizga tegishli boʻlsa ham taqdimotda
undan foydalanish uchun doʻstingizning ruxsati kerak. Doʻstingizdan tasvirdan foydalanish
uchun ruxsat oling. Bu
axloqiy xulq-atvor uchun yaxshi namuna bo‘ladi.
Axloqiy xulq-atvor:
axloqiy tamoyillarni
koʻrsatadigan xatti-
harakatlar. Bunga
yaxshi xulq-atvor
sifatida qaraladi.
Kalit so‘z
Auditoriya:
taqdimotni tomosha
qiluvchi insonlar.
Kalit so‘z
2-amaliy ko‘nikma
|
| |