• 3.2-mashg‘ulot “Design_Favourite_Things_v1.docx” nomli dizayn faylini tanlang. Slayd oʻtishlariga vaqt qoʻshing. 3.3-mashg‘ulot
  • Sound
  • Cover ict stb indd




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/112
    Sana19.01.2024
    Hajmi5,09 Mb.
    #140808
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112
    Bog'liq
    Informatika Cabridge 7 uzb 2022

    44
    3.1-mashg‘ulot
    “My_Favourite_Things_v1.pptx” taqdimot faylini oching. Birinchi slaydga slayd oʻtish vaqtini 
    tajriba uchun sozlab koʻring. Unga 0.5 soniyani, 1 soniyani, 1.5 soniyani kiritib ko‘ring. Qaysi 
    birini yaxshi deb hisoblasangiz, shuni tanlang.
    3.2-mashg‘ulot
    “Design_Favourite_Things_v1.docx” nomli dizayn faylini tanlang. Slayd oʻtishlariga vaqt 
    qoʻshing.
    3.3-mashg‘ulot
    “My_Favourite_Things_v1.pptx” nomli taqdimot faylini yana oching. Taqdimotingizdagi har 
    bir slaydga oʻzingiz yaratgan slayd oʻtish effektlarini qoʻshing.
    Agar siz slaydni namoyish qilish uchun vaqtni belgilashni xohlasangiz, u avtomatik ravishda 
    keyingi slaydga oʻtmasdan oldin mos vaqt oraligʻini tanlashingiz kerak. Tinglovchilaringiz uchun 
    har bir slayddagi tarkibni oʻqish uchun qancha vaqt kerakligini tekshirishning bir usuli – bu har bir 
    slayddagi matnni oʻzingiz o‘qing va qancha vaqt kerakligini tekshiring. Keyin esa bu vaqt oraligʻini, 
    masalan, 30 soniya qiymatini 
    After maydoniga kiritishingiz mumkin.
    Har bir slayd oʻtishiga tovush qoʻshishingiz mumkin. Yana shuni yodda tutingki, tovush effektlari 
    auditoriyani chalgʻitishi mumkin. Shuning uchun tovushni ehtiyotkorlik bilan tanlashingiz lozim. 
    Har bir slayd oʻtish effekti uchun tovush qoʻshilishi maqsadga muvofiq emas, lekin ularni vaqti-
    vaqti bilan ishlatish yaxshi natija berishi mumkin. Masalan, agar siz keyingi slaydda biron bir 
    qiziqarli narsani namoyish qilmoqchi boʻlsangiz, barabanli rulon tovushi auditoriya eʼtiborini jalb 
    qilishda juda samarali boʻlishi mumkin.
    Slayd oʻtish effektiga tovushni qoʻshish uchun 
    Sound maydonining oxiridagi strelkaga bosing. 
    Tanlash mumkin boʻlgan tovushlar ro‘yxati chiqadi.


    45
    2
    Multimediadan maqsadli foydalanish

    Download 5,09 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   112




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish