56
1-mashg‘ulot
Oʻqituvchingiz sizga taqdim etgan “Zoo Advert” taqdimoti uchun master slayd yarating.
Siz slaydlarga qanday formatlash qoʻllanilganini koʻrib chiqishingiz va uni asosiy slaydga
kiritishingiz kerak. Demak, kelajakda master slayddan boshqa har qanday slaydlarni
taqdimotga qoʻshish uchun foydalanish mumkin.
Shriftni oʻzgartirish
Matnning shrift formatini oʻzgartirish uchun moslashtirish kerak bo‘lgan matnni tanlang. Masalan,
sarlavhani tanlashingiz mumkin. Matnni tanlaganingizda matnni formatlash oynasi chiqadi. Shrift turi,
oʻlchami va rangini oʻzgartirish uchun ushbu oynadagi parametrlardan foydalanishingiz mumkin.
Shuningdek, matnning tekislanishini oʻzgartirishingiz va shriftga har qanday qoʻshimcha formatlashni
qoʻshishingiz mumkin. Masalan, uni qalin ko‘rinishga keltirish mumkin. Bu orqali har safar taqdimotga
sarlavhani oʻz ichiga olgan yangi slayd qoʻshganda shriftga qoʻllanilgan sozlamalar avtomatik ravishda
qo‘llaniladi.
O‘zingizni slayd formatlaringizni Slide Masterga kiritib bo‘lganingizdan keyin,
Close Master View
tugmasini bosing. Har safar taqdimotga slayd qoʻshsangiz, Slide Master sozlamalari qoʻllanadi.