|
Cover ict stb inddBog'liq Informatika Cabridge 7 uzb 20223-mashg‘ulot
Hayvonot bogʻini reklama qiluvchi taqdimotning oxirgi slaydiga ovozli nutqni joylang.
3-masala
Slayd-shou sozlamalaridan foydalanish
Ajoyib slayd-shouni yaratib bo‘lgach, auditoriyaga uni koʻrish uchun ruxsat berishingiz
mumkin.
Taqdimotni namoyish etishni sozlash, uni auditoriyangiz qanday tomosha qilishni xohlashiga
bogʻliq boʻladi. Taqdimotni namoyish etuvchi ma’ruzachi undan tinglovchilariga trening
oʻtkazishda yordam berish uchun foydalanishi mumkin. Agar shunday boʻlsa, taqdimotchi joriy
slayd haqida gapirib boʻlgach, taqdimotni qoʻlda keyingi slaydga oʻtkazishni xohlashi mumkin.
Shuning uchun ular shunchaki slayd-shouni boshidanoq boshqarishga imkon beradigan
sozlamani talab qilishi mumkin. Taqdimotning namoyishini boshidan ko‘rsatishni xohlasangiz
Slide Show
menyu oynasidan
From Beginning
buyrug‘ini bosing.
Taqdimot koʻrilganda yozilgan ovozli ma’lumot ijro etilishi uchun “Play Narrations” katagiga
belgini joylashtirish kerak.
59
2
Multimediadan maqsadli foydalanish
From Beginning
tugmasini bossangiz, taqdimotning birinchi slaydi to‘liq ekranda namoyish
etiladi.
Agar taqdimot axborot nuqtasida koʻrsatilishi kerak boʻlsa, turli xil sozlamalarni talab qilinishi
mumkin. Siz taqdimotni Kiosk rejimi deb nomlangan sozlamalarga qo‘shishingiz mumkin.
Bu taqdimotni butun ekranda namoyish etiladigan holatga keltiradi va uni doimiy ravishda
slaydlarini almashadigan qiladi. Buning uchun
Show
menyu oynasidan
Set Up Slide Show
tugmasini bosing.
Koʻpgina oʻzgartirishlarni kiritish mumkin boʻlgan sozlamalar oynasi chiqadi.
“Show type” maydonining pastki qismida “Browsed at a kiosk” bandiga yaqin turgan halqa ustiga
bosing.
U “Loop continuously till Esc” rejimini avtomatik tarzda tanlaydi. Bunda taqdimot oxiriga yetganda
boshiga qayta takrorlash uchun qaytadi.
Kiosk rejimidan foydalanmoqchi boʻlsangiz, har bir slayd
uchun vaqt kiritishingiz kerak.
|
| |