View menyu oynasidan
Slide Master tugmasi orqali amalga oshirasiz.
Bunda menyular satrida yangi
Slide Master degan menyu oynasi hosil bo‘lganini ko‘rasiz. Ushbu
menyu oynasida master slaydga tegishli koʻplab buyruqlar mavjud. Bundan tashqari, ekranning
chap tomoni boʻylab harakatlanadigan bir qator slayd namunalarini koʻrasiz. Oldindan oʻrnatilgan
va formatlashning bir qismi mavjud boʻlgan ushbu namunalarni sozlashingiz yoki o‘z namunangizni
yaratishingiz mumkin. Sizga allaqachon berilgan namunalarni sozlash osonroq.
Namuna maketini oʻzgartirish Namuna maketini oʻzgartirish uchun kontent maydonchalarini slaydda ularning paydo boʻlishini
xohlagan joyga koʻchirish kifoya. Agar siz slaydga qoʻshimcha kontent maydonchalarini qoʻshishni
xohlasangiz, ular
toʻldiruvchi (placeholders) deb nomlanadi. Yangi to‘ldiruvchi qo‘shish uchun uni
qo‘shish kerak bo‘lgan slayd maketi tanlang va
Insert Placeholder buyrug‘ini bosing. Bu sizga
slaydga qoʻshishingiz mumkin boʻlgan turli xil obyektlar menyusini taqdim etadi.
54 Taqdimotda avtomatik tarzda kontent maydonchasi bilan birga sarlavha, matn, sana, slayd
raqami va footer joylash mumkin boʻladi. Ushbu obyektlarni tezda o‘chirib tashlash uchun
Master Layout tugmasini bosing. Har bir obyektning chap tomonida belgilash mumkin
boʻlgan kataklar mavjud menyu paydo boʻladi. Oʻchiriladigan kontent yonidagi belgini olib
tashlang.
55 2 Multimediadan maqsadli foydalanish
Dizayn uchun mavzu tanlash va uni sozlash Slide master taqdimoti slayd foniga mavzu tanlash uchun
Themes buyrug‘ini tanlang. Natijada
tanlangan dizayn mavzusi master slaydga tatbiq etiladi.